Institutda yangi o’quv yili boshlandi
04.09.2023 2023-09-05 11:59Institutda yangi o’quv yili boshlandi
Bugun erta tongdan shahrimiz ko’chalari yanada gavjumlashdi. Sababi, ikki uch oyik tanaffusdan so’ng ta’lim muassasalari yana ilm istagan yoshlarga o’z bag’rini ochdi.
4 sentyabr. Soat 08.00. Oppoq xalat va oppoq qalpoq kiyib shifokorlik kasbini egallashga kirishgan yangi talabalar oliygoh hovlisini to’ldirib yurishibdi. Ota onalar hamda ko’chadan o’tib qaytayotgan yo’lovchilar tabiiyki ularga havas bilan boqmoqda.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga joriy 2023/2024 o’quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni BuxDTI rektori Sh.Teshayev kirish so’zi bilan ochdi. Talabalarni tibbiyot oliygohi ostonasiga qadam qo‘yayotgani – o‘qishga qabul qilinganligi bilan tabriklab ularga omad tilab o‘tdi. Shuningdek, tadbirda so’z olgan pprorektorlar, fakultet dekanlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi Abira Huseynova bu muqaddas dargoh tibbiyotning turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidorini namoyish etishlari uchun imkoniyatlar taqdim etuvchi ta’lim maskani ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Yangi talabalarga ilk darslar Jadidlar hayoti va ijodi, ularning ma’’rifatparvarlikka yo’g’rilgan adabiy yo’li haqidagi ma’ruzalar bilan boshlandi.
O’quv yilining ilk kunlaridagi taasurotlar haqida yana ma’lumot beramiz.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga joriy 2023/2024 o’quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.