Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash avvalida bir kator professor – o‘qituvchilarga DSc va PhD ilmiy darajasi diplomi topshirildi. Jumladan: Lola Sultonova, G‘ayrat Idiyevga DSc; Mannon Baratov, Ulug‘bek Sherbekov, Keldiyorova Zilola, Rozikova Dilnoza PhD ilmiy darajasi diplomi tantanali ravishda topshirildi.