BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Mahallalar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Buxorolik yoshlar ikkita o‘rinni band etishdi!!

photo_2022-12-17_15-29-33

Mahallalar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Buxorolik yoshlar ikkita o‘rinni band etishdi!!

Shiddatli kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida birinchi o‘ringa nomzod ikkita jamoaning ochkolari teng kelib qoldi. Natijada qo‘shimcha savollarga o‘tildi. Qo‘shimcha savollardan so‘ng sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin – Buxoro viloyati, Buxoro shahridan “Ahmad Donish” MFY jamoasi(Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalaridan tashkil topgan);

2-o‘rin – Toshkent shahri, Olmazor tumanidan “Beruniy” MFY jamoasi;

3-o‘rin – Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidan “Sarvari” MFY jamoasi.

💰G‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – 100 mln so‘m;

🥈2-o‘rin – 60 mln so‘m;

🥉3-o‘rin – 40 mln so‘m.