BuxDTI matbuot xizmati

Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini aniqlash uchun so’rovnoma 15 avgustga qadar davom etadi

cropped-logo_250x250.png

Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini aniqlash uchun so’rovnoma 15 avgustga qadar davom etadi

Aokada o’tkazilgan brifingda ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi axborot xizmati rahbari Shavkat Xo’jaqulov OTM milliy reytingini aniqlash uchun ish beruvchilar o’rtasida o’tkaziladigan so’rovnoma xususida ma’lumot berdi.

Milliy reyting uchun baholash ko’rsatkichlarini shakllantirishda xalqaro e’tirof etilgan agentliklar indikatorlaridan ham foydalanish orqali ularning kelgusida xalqaro reytinglardan o’rin olishlarini ta’minlash maqsad qilingan.

Joriy yilgi reytingda 92 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan 23 ta filial ishtirok etmoqda.

Milliy reyting tizimi 20 ta baholovchi indikatorni o’z ichiga oladi. Shu jumladan ish beruvchilarning bitiruvchilar haqidagi fikri reytingdagi eng muhim indikatorlardan biri hisoblanadi.