BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

“Oltin stetoskop”

photo_2023-04-13_10-53-50

“Oltin stetoskop”

Rossiya Federasiyasi poytaxtida bo’lib o’tgan xalqaro kongressda institut jamoasi faxrli o’tinni qo’lga kiritdi.

joriy yilning 10-13 aprel kunlari Moskva shahri yirik tibbiyot tadbiriga mezbonlik qildi. Sababi shu kunlarda Rossiya poytaxtida “Odam va dori” mavzusidagi katta kongress o’tkazidi. 120dan ortiq simpozium va ma’ruza, 30dan ortiq boshqa tadbirlar hamda 600dan ortiq rossiyalik va xorijiy mutaxassislar dan iborat muhokamalarga boy bo’ldi.

Kongress doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “OLTIN STETOSKOP” (“ЗОЛОТОЙ СТЕТОСКОП) terapiya bo‘yicha VIII XALQARO Talabalar olimpiadasida qatnashib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Olimpiadada turli mamlakatlardan 100 dan ortiq jamoalar ishtirok etdi. Talabalar Moskva shahrining diqqatga sazovor joylarini ko’zdan kechirishdi. Terapiya va profilaktika tibbiyoti milliy tibbiy tadqiqot markazi direktori, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi Oksana Drapkina bilan uchrashishdi.