O‘zbekiston — AQSh: Buxoro davlat tibbiyot institutining hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
11.05.2023 2023-05-12 10:39O‘zbekiston — AQSh: Buxoro davlat tibbiyot institutining hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
O‘zbekiston — AQSh: Buxoro davlat tibbiyot institutining hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning davlatimiz vakillarining AQShga xizmat safari davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, safar davomida Garvard, Kolumbiya, Janubiy Karolina kabi dunyoning eng nufuzli universitetlari va kompaniyalari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davlatlarimiz o‘rtasida tibbiyot sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishi, tibbiy ta’limning jahon standartlari darajasida shakllanishiga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga safari muhim uchrashuv va kelishuvlar, hamkorlik aloqalari, do‘stona tanishuvlarga boy bo‘lmoqda. Kuni kecha BuxDTI rektori Shuxrat Teshaev, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov va Samarqand tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev 200 yildan ortiq tarixga ega Sent Luis universitetida bo‘lishdi. Juda katta imkoniyat va texnologiyalarga ega bo‘lgan mazkur ta’lim dargohida bugungi kunda 12 ming talaba tahsil olmoqda. Universitet dunyo treytinggida 81 o‘rinni band etgan. Juda katta klinika, laboratoriyalar va ishlab chiqarish korxonaldari mavjud.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizning uchala tibbiyot oliy ta’lim muassasalari mazkur universitet bilan hamkorlik memoriandumini imzolashdi. Bu esa, yurtimiz tibbiyot mutaxassislari bilan aqshlik olimlar faoliyatini integratsiya qilish, xalqaro stajirovkalarni o‘tash ishlarida jamg‘arma va grantlar tashkil etish, O‘zbekiston va AQSh hamjamiyatlari o‘rtasida sheriklik, akademik va madaniyay aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi muhim omillardan iborat bo‘ldi. Sent-Luis universiteti tomonidan ishtirok etgan prorektorlar MattBrum va Kelli Baumer ham har tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalari kelgusida rivojlanishi haqida umid bildirishdi. O‘zbekistonlik rekorlar AQShning ushbu universitetida faoliyat yuritayotgan professor Joldas Kuldjanov hamrohligida yangi klinika, ilmiy laboratoriya, jarrohlik reanimatsiyasi va travmatologiya markazlarini ko‘zdan kechirishdi.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida dunyo bo‘ylab bunday hamkorlik aloqalarining kengayotgani natijasida AQShNing Sent-Luis universitetiga safar jarrohlik sohasini rivojlantirish, turli xastaliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolash borasida olib borilayotgan ishlar, davolashda ilg‘or tajribalar, fan yutuqlarini yangi bosqichga olib chiqib, O‘zbekiston tibbiyotining ilmiy salohiyati yuqorilashib borishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Har jihatdan samarali va foydali o‘tayotgan mazkur AQSh safari anjuman tibbiyotdagi izchil islohotlar samaradorligini oshirishga, mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashish, bilim va malakalarini yuksaltirishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.