BuxDTI matbuot xizmati

Qorako‘l tibbiy ko‘rik

photo_2022-06-07_15-09-03

Qorako‘l tibbiy ko‘rik

Ayni vaqtda Qorako‘l tumani markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan “Polvonlar” MFYdagi Kurash markazida Respublika, viloyat hamda tuman mutaxassislari ishtirokida “Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” shiori ostida Qorako‘l tumani aholisi uchun keng qamrovli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.

Tibbiy ko‘riklar jarayonida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sabirov va tuman hokimi Xurshid Toxirov ishtirok etib, aholi bilan muloqotlar olib bormoqda.

Mazkur tibbiy ko‘rikda Buxoro davlat tibbiyot institutining malakali professor-shifokorlari ham fuqarolarga tegishli tibbiy tavsiyalarini berib o‘tmoqda.