BuxDTI matbuot xizmati

Sayyor tibbiy qabul

photo_2022-06-06_10-05-56

Sayyor tibbiy qabul

Buxorodagi sayyor tibbiy qabulga kelganlarning aksariyati dardmand edi. Deyarli hammasi o‘zi yoki yaqinlarining og‘ir xastalikdan tezroq tuzalishi uchun ko‘makka muhtoj edi.

Muhimi, bu yerdan hech kim noumid qaytmadi. Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musaev va respublikaning yetakchi shifokorlaridan iborat guruh bemorlar bilan muloqot qilib, ularga yordam qo‘lini cho‘zdi.

Murojaatlarning katta qismi joyida hal etildi. Qolganlari esa vazirlik va tibbiyot muassasalari mutasaddilarining nazoratiga olindi.

Sayyor tibbiy qabul ishtirokchilari dard bilan kelib, quvonch va ishonch bilan uyiga qaytdi.