BuxDTI matbuot xizmati

“Shayx-ul olam”

cropped-logo_250x250.png

“Shayx-ul olam”

BuxDTI Yoshlar masalalari ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi  tomonidan “Shayx-ul olamʼʼ mahalla fuqarolar yig‘inida qariyalar, yoshi katta insonlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Darhaqiqat, qarisi bor uyning fayzi boshqacha, mehri issiq bo‘ladi. Ularning suhbatida bo‘lishlik, hayotiy tajribalaridan dars olishlik esa umr daftarimizni yoritishi tayin. Mazkur uchrashuvda ham yoshi ulug‘ insonlar hayotiy tajribalari va taqdirning o‘nqir-cho‘nqirlarini sabr bilan yengish ilmidan saboq berishdi. Qiyin kunlar o‘tkinchi va yaxshi damlarga sabr qanoat bilan erishish kerakligini qayta-qayta ta’kidlashdi.

Yoshlar suhbatda muhim maslahatlarni tinglab ham oilada,ham jamiyatda o‘rin topishda zarur yo‘l yo‘riqlarni bilishdi, o‘lchov bilan qadam tashlash kerakligini yana bir bor anglashdi.

Suhbatda talabalar o‘z kelaklariga dahldor bo‘lgan savollar berib, kerakli javob va maslahatlarni olishdi.