BuxDTI matbuot xizmati

“STARTAP LOYIHALARINI TIJORATLAShTIRISh” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

d9c141765d74f8f5cd3c0

“STARTAP LOYIHALARINI TIJORATLAShTIRISh” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

Bugun Buxoro viloyat innovatsion rivojlanish xududiy boshkarmasi tomonidan Buxoro davlat tibbiyot instituti katta majlislar zalida ilmiy, startap va tijoratlashtirish loyihalarini shakllantirish, rasmiylashtirish va ilmiy stajirovka haqida seminar bo‘lib o‘tdi. Treningda  professor o‘qituvchilar, yosh olimlar, tayanch doktorantlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi, Ilmiy-texnik ekspertiza departament boshlig‘i Abror Saidikramov  zum platformasi orqali ishtirok etgan bo‘lsa, bevosita, Buxoro viloyat innovatsion rivovojlanish boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov, institut prorektori Dilnoza Hasanova, Ilmiy faoliyatini ivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis Aziz Hasanov qatnashdi.

Seminar-treningni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  D.Xasanova ochib berib, bugungi kunda institutda innovatsiya faoliyati, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni innovatsiya faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng A. Hasanov  respublikamizda innovatsion ishlanmalar, jumladan, startap loyihalarini amalga oshirish va tijoratlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada oliy ta’lim muassasalari pedagog-xodimlari va talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Ma’ruzachi tomonidan yoshlarni innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab quvvatlash, startap loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hayotiy misollar va xorijiy tajribalar asosida qiziqarli axborotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olib, kelgusida startap loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.