BuxDTI matbuot xizmati

Rossiyaning nufuzli universitet rektori Buxoro tibbiyot institutida bo‘ldi

photo_2022-10-25_12-35-39

Rossiyaning nufuzli universitet rektori Buxoro tibbiyot institutida bo‘ldi

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda.

Kecha Buxoro davlat tibbiyot institutida Immanuel Kant nomidagi Boltiq Federal universiteti rektori Aleksandr Aleksandrovich  Fyodorov rasmiy mehmonlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida bakalavriat yo‘nalishida Davolash ishi, Stomatologiya va Farmatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari ochilishi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Muzokaralar davomida turli ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish, tadqiqot ishlari o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik almashinuvi masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, BFU rektori Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi, bu yerda tashkil etilgan Simulyatsion markaz, klinika hamda talabalar turar joylari bilan tanishdi. Mehmonlar institutning kelgusitdagi imkoniyatlarini yuqori baholab, hamkorlik masalalari ikki tomonlama manfaatli ekanini ta’kidladi.