BuxDTI matbuot xizmati

Turkiya tibbiyot fakultetining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

photo_2022-10-24_16-31-42

Turkiya tibbiyot fakultetining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutining Turkiya tibbiyoti fakulteti uchun kun qo‘shaloq bayramga aylandi. Kunning birinchi yarmida joriy o‘quv yilida bu fakultetning to‘rtta yshnalishiga qabul qilingan talabalar ilk bor oq xalat kiyib “Shifokorlikka qasamyod” tadbirida ishtirok etishgan.

Kunning ikkinchi yarmida Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikdagi fakultetda ilk marotaba qabul qilingan talabalarga diplomlar topshirildi.

 Malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabining Anesteziologiya, Fizioterapeya hamda Shoshilinch tibbiy yordam yo‘nalishlarida uch yil davomida tahsil olgan sobiq talabalar endi qo‘lida mutaxassis diplomini olib shifokorlik faoliyatini boshlashi mumkin bo‘ldi.

Bitiruv marosimida Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Sog‘liq bilimlari universiteti rektori Doktor Javdat Erdol, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev, professsor o‘qituvchilar va talabalarning ota onalari ishtirok etishdi.

Talabalarga diplomni ikkala oliygoh rektorlari, professor o‘qituvchilar tantanali ravishda topshirishdi. Shuningdek, mazkur tadbir Turkiya teleradiokompaniyasida jonli ravishda yoritib borildi.

Buxoro davlat davlat tibbiyot institutida kecha bo‘lib o‘tgan tadbirlar Turkiya teleradiokompaniyasida ham jonli efirda yoritib borildi.