BuxDTI matbuot xizmati

Viloyat kengashi deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar oldi

e004251bc6c19d8f64aef

Viloyat kengashi deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar oldi

Xalqimizga xos hislatlar haqida so‘z ketganda albatta, mehr-oqibat, muruvvat va saxovatpeshalik alohida tilga olinadi. Chunki, bu insoniy fazilatlar ayniqsa bugungi sinovli kunlarda yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari, sa’y-harakatlari bilan uyg‘unlashib ketgan.

Peshko’ tumanida ham yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, Xalq deputati Buxoro viloyati kengashi deputati Shuhrat Teshayev 2-sektorga qarashli “Guliston”  va “Peshko’” mahalla fuqarolar yig‘inidagi imkoniyati cheklangan, o‘zgalar yordamiga muhtoj, keksa va bemorlar holidan xabar oldi.

Sh.Teshayev Xalq deputatlari Peshko‘ tuman kengashi kotibiyat mudiri G‘ayrat Hamidov hamrohligida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar bilan tanishdi.  Shuningdek, institut kasaba uyushmasi raisi Muxtor Jumayev bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va bolajonlar uchun Yangi yil sovg‘alarini topshirdi.

Xonadonlar sohiblari rahbarlarning aholi xonadonlarida bo‘lib, muammo va kamchiliklarini o‘rganishi, mehr va muruvvatga muhtoj insonlar holidan xabar olish tizimini yaratgan davlatimiz rahbariyatiga o‘z tashakkurlarini izhor qildilar.

Darhaqiqat, ko‘ngli o‘ksik insonlarning ko‘nglini ko‘tarish, ularga hamdard bo‘lish, bugungi kunda tuman rahbari boshchiligida barchaning shioriga aylanmoqda. Chunki, bunday insoniy fazilatlar odamlarning bir-biriga yaxshilik qilishga, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-sahovat va shukronalik hislatlarining shakllanishiga turtki bo‘lmoqda.