Vobkentda keng qamrovli tibbiy ko‘rik va viloyat rahbarlari qabuli bo‘lib o‘tmoqda
14.04.2022 2022-04-14 8:25Vobkentda keng qamrovli tibbiy ko‘rik va viloyat rahbarlari qabuli bo‘lib o‘tmoqda
Vobkentda keng qamrovli tibbiy ko‘rik va viloyat rahbarlari qabuli bo‘lib o‘tmoqda
Bugun soat 9.00dan boshlab Vobkent tumanidagi “Porloq kelajak” oromgohida “Faqatgina sog‘lom xalq, barkamol millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi” shiori ostida aholi orasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda soha bo‘yicha viloyat sektor rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.
Viloyatimizning yetakchi tor soha hamda xususiy tibbiyot muassasalari malakali mutaxassislari jalb etilgan tibbiy ko‘rikda fuqarolar mobil mammograf, mobil poliklinika, mobil flyurograf kabi yuqori texnologik diagnostika uskunalari imkoniyatlaridan foydalanishyapti.
Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor va talabalari faol ishtirok etmoqda.