BuxDTI matbuot xizmati

Xorijiy hamkorlik aloqalari

photo_2023-09-05_10-35-48

Xorijiy hamkorlik aloqalari

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xorijiy hamkorlik aloqalari nufuzli tashkilotlar bilan bilan kengaymoqda.

Kuni kecha bir qancha manfaatli hamkorlik shartnomalari bn Malayziyadan kelgan institut rahbariyati bugun okean ortidan kelgan mehmonlarni qabul qildi.

AQSHlik mutaxassis doktor Ansar U. Xon Fremont, Nebraskada shtati urologi bo’lib, ushbu hududdagi ko’plab kasalxonalar, jumladan Memorial Community Hospital va Sog’liqni saqlash tizimi-Bler va Fremont Health Medical Centerda faoliyat ko’rsatadigan vrach, Kreyton universitetining stomatologiya maktabi olimi doktor Robin Xon hamda Kanada Evroosiyo savdo palatasi a’zosi Nathan Hunt bugun amaliy tashrif bilan institutda bo’lishdi.

Mehmonlarni prorektorlar L.Niyozov va Sh.Tursunov institut kampusi va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, amerikaliklarni institut rektori Shuhrat Teshayev ham qabul qilib, mehmonlar bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalarni muhokama qildi.