BuxDTI matbuot xizmati

Yarmarka

photo_2022-09-22_16-59-32

Yarmarka

2022 yil 22-23 sentyabr kunlari Buxoro shaxrida Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 26 martdagi “2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkillashtirilgan yengil sanoat, charm-poyabzal, oziq-ovqat, mebelsozlik, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmasevtika sanoati sohalari korxonalari ishtirokidagi “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” ish boshladi.

Tadbirning tantanali ochilishida viloyat hokimi B. Zaripov tomonidan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, qulay investitsiya sharoitlarini yaratish, sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilish, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu yarmarkada viloyatning ilg‘or sanoat korxonalari va Oliy ta’lim muassasalari o‘zlarining innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ham oliygoh professor o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanma va loyihalar bilan sanoat yarmarkasida faol ishtirok etdi.

Institut professor o‘qituvchilari tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar viloyat hokimi B. Zaripov hamda yarmarkaga tashrif buyurgan ishtirokchilarda yuqori taassurot qoldirdi.