Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedrada iktidorli talabalar bilan o‘quv-pedagogik ish yuritishga aloxida e’tibor beriladi. Iktidorli talbalar uchun kushimcha mavzu va ma’ruzalar matnlari, testlar tuzilgan. Ular Gistologiya, sitologiya, embriologiya  kafedrasidagi talabalarning ilmiy tugaragida faol qatnashishadi. Kafedradagi «Yosh Gistolog» ilmiy tugaragi faoliyat ko‘rsatmoqda. Tugarak majlislari oyida ikki marotaba olib boriladi.  

Kafedrada ma’naviy – ma’rifiy va axloq tarbiya ishlari institut tomonidan tasdiqlangan rejasiga muvofiq olib borildi. Kafedrada har payshanba kuni ma’naviyat soati o’tkazib turildi. Ma’naviyat soatini o’tkazishda kafedraning hamma xodimlari dotsent Davronov R.D  boshchiligida faol qatnashadilar. Har payshanba kuni soat 8.30 da kafedrada talabalarga ma’ruzalar qilinadi va berilgan savollarga tuliq e’tibor beriladi. Bunda ma’naviyat va ma’rifat soatlarida videoroliklar namoyish qilinishida, mavzular bo’yicha ma’ruzani utkazishda kafedraning barcha xodimlari, shu jumladan, kafedra dotsenti Shokirov B.S.  va ass.  Azimova S.B. lar faol qatnashadilar.

Studentlar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish: Bo’lajak shifokorlarni ma’naviy qiyofasini shakllantirish, ularda Vatan va Prezidentga sadoqatlilik kabi xislatlarni rivojlantirish, nafaqat darsdan tashqari xolatda olib boriladi, qolaversa xar bir amaliy va leksion mashg’ulotlarning boshlanishida 5-10 daqiqa axloqiy tarbiyaviy ishlar olib boriladi. SHu bilan birga 2,3 kurs talabalari uchun kafedrada o‘tiladigan barcha fanlardan dars o’tish jaryonida bo’lajak shifokorlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishga aloxida urg’u berildi.

“2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi buyicha Xarakatlar strategiyasi” Davlat dasturi bo’yicha kafedrada ushbu dastur tuliq o’rganib chiqilib, uning mazmun va moxiyati xodimlarga, talabalarga yetkazildi. Davlat Dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tuzildi, devoriy stendlar tashkil qilindi.

Xar bir murabbiy o’z gurux talabalari bilan suxbat o’tkazadi, talabalar orasida turmushga chiqqan, yosh bolalari bo’lgan, yaqinda farzandli bo’lgan va xomilador ona talabalarga, oilali yigit talabalarga kerakli maslaxatlar berildi. Talaba qizlar ko’rikdan o’tkazilib, nazorat qilib turildi.




Talabalar turar joyida olib borilgan ishlar: Kafedradagi murabbiylar o’z rejalari bo’yicha talabalar yotoqxonasida bo’lib u yerda yashaydigan talabalari sharoitlari bilan tanishdilar. Tashrif paytida yotoqxonadagi talabalar orasida axloq va odobga ta’luqli suxbatlar o’tkazdilar. Kafedra mudiri, dotsent Davronov, kafedra assistentlari  Shokirov B.S., Oripova N.A., Azimova S.B., Xasanov B.B., muntazam ravishda talabalar yotoqxonasida bo’lib turdilar. O’z tashriflari paytida ular talabalarning kayfiyati bilan, ularga yaratilgan sharoitlar bilan kizikib yotokxona komendantiga kerakli tavsiyalar berdilar.

Talaba -yoshlar bilan xuquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash, ijarada turuvchi talabalar bilan ishlash. Xar bir murabbiy ijarada yashovchi talabaning yashash sharoitlari bilan yil davomida muntazzam borib tanishib turadi. Tashrif davomida ukituvchi uy egasi bilan talabalarning xulki atvori xakida, uyga begona odamlarni kuymaslik, shuningdek talabalarga doimo mexribonlik kilish xakida suxbatlashdilar. Uylarning elektr manbalari, tabiiy gaz bilan ta’minlanganligi, oshxonadagi gaz plitalar xolatlari obdon tekshirildi va institut ma’naviyat bulimiga xisobotlar, bayonnomalar, rasmlar topshirildi. Bu suxbatlarda giyoxvandlik, diniy ekstremizm, akidaparastlik, OITS masalalariga aloxida urgu berildi. Institut ma’naviyat va ma’rifat xodimlari tashabbusi bilan utkazilgan tadbirlarda talabalarning katnashishi ta’minlandi.


   Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedasi xodimlari TTJda «Giyoxvandlik, diniy ekstremizm, akidaparastlikka qarshi kurashish» mavzusida suhbat jarayonida.


   Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedasi xodimlari TTJda Xalqaro talabalar bilan  «OITS kasalligi to’g’risida» suhbat jarayonida.


Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedasi xodimlari TTJda Xalqaro talabalar bilan  «8 – mart Xalqaro xotinqizlar » tadbirdan lavha.

Talaba yoshlar urtasida ta’magirlik, poraxurlik yoshlarning noroziliklari kelib chikishiga yul kuymaslik buyicha kafedrada kuyidagi ishlar a’lo darajada yulga kuyilgan: ekranda reyting oynasi, dars tugashidan baxolar e’lon kilinishi va starosta jurnaliga kayd kilinishi, yakuniy nazorat institut binosi zallarida modul tizimida kabul kilinishi.

Bayram sanalarini belgilash. Oqim talabalari orasida bayram sanalarini utkazishga katta axamiyat berildi. SHu jumladan mustakillik bayrami, Vatan ximoyachilari kuni, Navruz bayrami, xotin-kizlar kuni bayrami, 9-may xotira va kadrlash kuni tantanali ravishda biriktirilgan okim va gurux talabalari bilan birga nishonlandi. Ushbu bayramlarda xar bir kutlug sana mazmun moxiyati va tarixi, mustaqilllikning muqaddasligi va uning avaylab asrash haqida talabalarga aytib berildi.

Yil davomida studentlar bilan Prezident asarlarini o’rganish borasida maxsus kurslar tashkil kilinib, asarlar urganildi, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining karor va farmonlarini urganish borasida muntazzam ish olib borildi, jumladan Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari tugrisidagi qaror barcha xodimlar urtasida keng yoritildi va o’rganildi.

Kafedra Davlat ramzlari va tegishli plakatlar bilan to’liq jihozlangan.