Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi
16.12.2021 2023-02-16 17:39Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi
Kafedra xodimlari
Kafedra tarixi
Kafedra 1993 yil 13 avgustda institut rektori I.A. Mo‘minov buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat klinik kasalxonasining terapiya va gastroenterologiya bo‘limlari bazasida “Gospital terapiya kafedrasi” nomi tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi A.M. Kaylakov tayinlangan. Shu davrda kafedrada kafedrada davolash fakultetining 4-5- bosqich talabalari uchun gospital terapiya fanidan o’quv mashg’ulotlari olib borilgan.
1996 yilda kafedrada ilk ilmiy xodimlari Z.N.Hamidova va SH.S. Isomitdinovalar aspiranturaga qabul qilingan.
1998 yilda institut rektori R.M.Axmedov buyrug‘i bilan kafedraga «Kasb kasalliklari», «Xalq tabobati», «Endokrinologiya», «Fizioterapiya, HDT» va «Gematologiya» kurslari hamda «Fakultet terapiya» kafedrasi qo‘shilib, Fakultet va gospital terapiya deb nomlandi.
1999 yil sentyabr oyida kafedra tarkibidan « Kasb kasalliklari», « Xalq tabobati», «Fizioterapiya» kurslari chiqarilib, Fakultet va gospital terapiya kafedrasi, gematologiya kursi bilan deb nomlangan. Gematologiya kursiga t.f.n. K.J. Boltayev rahbarlik qilgan.
1995-2000 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Z.J. Jalolov boshqargan. 2001 yildan kafedra tarkibida gematologiya va laboratoriya ishi, endokrinologiya fanlari mavjudligi inobatga olinib, kafedra “Fakul’tet va gospital terapiya, gematologiya, endokrinologiya kafedrasi” deb nomlangan. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent K.J.Boltaev tayinlangan va 2019 yilgacha shu lavozimda faoliyat olib borganlar.
2012-2013 yillarda kafedra mudirligi lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi,dotsent Z.N.Hamidova faoliyat olib borgan.
Kafedrada bakalavr talabalari bilan birgalikda gematologiya, terapiya, kardiologiya, klinik-laborator diagnostika mutaxassisliklari bo’yicha klinik ordinatorlar tayyorlangan.
Kafedraning ilmiy faoliyatini shakllantirish jarayonida bir qator kafedra xodimlari aspiranturada ta’lim olganlar va ilmiy ishlarini himoya qilganlar. Jumladan, Boltayev K.J. “Qari va keksa yoshda ferrokinetika”(14.00.29-gematologiya), Nosirova M.SH. “Aterogen dislipoproteidemiyada qonnning lipid tarkibi va qon ivish sistemasini korreksiya qilishida “Tekom” dori pereparatini qo‘llash samaradorligi” (14.00.06-kardiologiya) mavzusida, Xamidova Z.N. “Gastroduodenal patologiya bilan asoratlangan bronxial astmaning o‘ziga xos kechishi va kompleks terapiyaning effektivligi” (14.00.05-ichki kasalliklar), Axmedova N.Sh. “Surunkali buyrak kasalliklari rivojlanishi diagnostic prediktorlari va oldini olish yo`llari’(14.00.05-ichki kasalliklar) mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
2013-yildan boshlab kafedrada ilk magistr qaldirg’ochlariga ta’lim berish boshlandi. Dotsentlar Boltayev K.J., Nosirova M.Sh., Xamidova Z.N. rahbarliklarida 3 nafar magistr trapiya yo’nalishida ta’lim olib magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Bugungi kunga qadar 15 dan ortiq magistr ta’lim olib ularning asosiy qismi kafedrada faoliyat olib bormoqda.
2020-2021 o’quv yilida kafedra tarkibidan gematologiya va klinik laborator diagnostika fanlari ajratib olinib alohida kafedra tashkil qilindi, fakultet va gospital terapiya kafedrasi esa nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi deb nomlandi
Kafedra mudiri lavozimida 2019 yildan PhD, dotsent N.Sh. Axmedova faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda kafedrada 3 ta PhD, 2 ta dotsent, 10 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda .
Kafedra Buxoro viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazining hududida joylashgan. Kafedrada davolash ishi yo’nalishi(60910200) va kasbiy ta’lim (tibbiy pedagogika)(5111000), 3-4-5-bosqich talabalari Ichki kasaliklar va harbiy dala terapiyasi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya yo’nalishlari talabalari ichki kasalliklar fani bo’yicha ma’ruza, amaliy va klinik mashg’ulotlar o’tishadi. Buundan tashqari kafedrada terapiya yo’nalishi bo’yicha magistrlar, nefrologiya va gemodializ mutaxassislik bo’yicha klinik ordinatorlar tayyorlanadi.
Kafedra xodimlari
O’quv-uslubiy ishlari
Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasida davolash va tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va pediatriya yo`nalishlariga ichki kasalliklar va harbiy dala terapiyasi fanlari, Xalqaro fakultet talabalariga esa ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ fanlaridan ma`ruza, amaliy va klinik mashg`ulotlar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
O`quv dasturi asosida kafedrada pulmonologiya, kardiologiya, gastroenerologiya, revmatologiya, nefrologiya va gemodializ bo`limlari bo`yicha mashg`ulotlar o`tiladi. Ma`ruza mashg`ulotlari malakali yetuk mutaxassislari tomonidan o`qiladi. Buxoro viloyat ko`p tarmoqli tibbiyotmarkazi bazasida pulmonologiya, allergologiya, kardiologiya, gastroenerologiya, revmatologiya, nefrologiya va gemodializ, endovaskulyar nurli tashxisot, rentgenologiya va funksional diagnostika bo`limlarida amaliy va klinik mashg`ulotlar olib boriladi.
Kafedrada barcha professor o`qituvchilar ichki kasalliklar yo`nalishi bo`yicha iqtidorli talabalar bilan faol shug`ullanib kelmoqdalar. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi tuzilgan, reja asosida har bir o`qituvchi talabalar bilan muntazam respublika va xorij miqyosidagi olimpiada va anjumanlarda ishtirok etib, faxrli o`rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedra iqtidorli talabalari yutuqlaridan namunalar
Davolash va ma’naviy – tarbiyaviy ishlar faoliyati
Fakultet va gospital terapiya kafedrasi professor o’qituvchilari Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat Kardiologik dispanserida davolash ishlarini olib borishadi. Bundan tashqari haftaning belgilangan kunida kafedra xodimlari tomonidan biriktirilgan bo’limlarda bemorlar ko’rigi amalga oshiriladi. Institut rektori tashabbusi bilan oilaviy poliklinikalarda klinik kafedralarning filiallari tashkil qilingan. Jumladan, 2021-yil aprel oyidan Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Ibn Sino oilaviy poliklinikasida kafedra filiali tashkil etilib, filialda talabalar uchun amaliy mashg’ulotlar, amaliyotdagi vrachlar uchun seminarlar tashkil etildi. Amaliy mashg’ulot jarayonida talabalar bevosita bemorlar bilan ishlab o’zlarining kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.
Kafedrada muntazam ravishda talabalarning bo’sh vaqtlarini namunali tashkillashtirish, ularda vatanparvarlik kabi insoniy tuyg’ularni shakllantirish maqsadida ma’rifiy-tarbiya tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, talabalar yotoqxonasida “Atrof muhitni muhofaza qilish”, “Giyohvandlik umr zavoli”, “Diniy ekstremizmga qarshi kurash” , “Sog’lom turnush tarzi- sog’lik garovi” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Kafedrada “Yosh terapevtlar”, “Yosh kardiologlar” kabi to’garaklar tashkil etilgan.
Ilmiy yo’nalishi
“AHOLI ORASIDA SURUNKALI NOINFEKSION KASALLIKLARNING TARQALGANLIGI,ULARNI ERTA ANIQLASH VA PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH”
Kafedrada ilmiy xodimlar tarkibi
Ilmiy darajasi mavjud POʻ | Ilmiy unvoni mavjud POʻ | Tayanch doktorant | Mustaqil izlanuvchi | Magistratura talabasi |
4 nafar PhD | 2 nafar dotsent | 3 nafar (PhD) | 7 nafar | 6 nafar |
Himoya qilgan professor-o’qituvchilar
№ | FIO | Himoya mavzusi | Himoya sanasi |
1. | Axmedova Nilufar Sharipovna | Surunkali buyrak kasalliklari rivojlanishining diagnostik prediktorlari va oldini olish yo’llari (PhD) | 26.10.2019 |
2. | Ismatova Mexriniso Nasritdinovna | Insulinorezistentlik sindromida tomir trombotsitar gemostaz holati (PhD) | 22.12.2020 |
3. | Abdullayeva Umida Kurbanovna | Surunkali xelikobakteri assotsiyalangan gastritlarda atrofik transformatsiyani bashoratlash (PhD) | 2.07.2021 |
4. | Maxmudova Lola Izzatilloyevna | Turli tipdagi ichak taʼsirlanish sindromining mikroelementlar nomutanosibligi boʻlgan bemorlar hayot sifatini baholash (PhD) | 26.10.2021 |
Hozirda ilmiy mavzularda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar
№ | FIO | Hozirda ilmiy ish olib borayotgan mavzusi |
1. | Axmedova Nilufar Sharipovna | Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalliklarining zamonaviy laborator diagnostika va davo samaradorligini baholash (DSc) |
2. | Ismatova Mexriniso Nasritdinovna | Surunkali gepatitlarni COVID-19 bilan kechishida buyrakdagi morfofunktsional o’zgarishlar (DSc) |
3. | Abdullayeva Umida Kurbanovna | Nospetsifik yarali kolitda morfologik o’zgarishlar (DSc) |
4. | Maxmudova Lola Izzatilloyevna | Ichak ta’sirlanish sindromining morfologik xususiyatlari (DSc) |
5. | Muxammedjanova Mastura Xayatovna | Surunkali gepatit C va yurak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarda kamqonlik tashxisotining ferrokinetik predikrorlari (PhD) |
6. | Qayumov Laziz Xolmurodovich | Orttirilgan yurak poroklarida surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanishining o’ziga xosligi va diagnostic prediktorlari (PhD) |
7. | Maxmudov Ravshan Barrayevich | Surunkali virusli gepatit B boʻlgan bemorlardagi aplaziyani tashxislash va davolashning zamonaviy jihatlari (PhD) |
8. | Ergashev Bobir Baxodirovich | Onkologik bemorlarda ximioterapiya fonida yurak aritmiyalari rivojlanishini bashoratlash va oldini olish (PhD) |
9. | Amonov Muhammad Komilovich | COVID-19 kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasi ahamiyatining solishtirma tahlili (PhD) |
10. | Safarova Gulnoz Avazxonovna | COVID-19 oʻtkazgan “shartli sogʻlom” kishilarning buyraklar disfunksiyasini turli davrlarda oʻrganish (PhD) |
11. | Umurova Nigora Mavlyanovna | Buxoro viloyati ekologik noqulay sharoitlarida pollinozlarning kechish va asoratlanish xususiyatlari (PhD) |
Kafedra xodimlari ilmiy mahsulotlari
№ | Monografiya | Uslubiy tavsiyanoma | Maqolalar | |||
Scopus | Xorij OAK | Yuqori IFli jurnallar | Milliy OAK | |||
7 | 8 | 8 | 20 | 35 | 30 |
Akademik mobillik va hamkorlik faoliyati
Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi professor o’qituvchilari, magistrlari va ordinatorlari respublika hamda nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillik yo’lga qo’yilgan
Kafedraning gemotologiya mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan magistrtalabasi Hamdamov Ixtiyor 2020-yilda JICA tashkiloti tomonidan tashkil etilgan grantni yutib olib Tokyo medical and dental university ga o’kishga kirishga muvaffaq bo’ldi.
Hozirda ushbu universitetda yuqumli bo’lmagan kasalliklarni erta aniqlash va davolash yo’nalishida universitetdagi professorlar hamda World Health organisation, Harvard university, John Hopkins university, Oklahoma university dagi professorlar hamda mutaxassislardan tahsil olib kelyapti.
2021 yil 11-25 oktyabrgacha kafedra dosenti M.N. Ismatova va kata ssistant U.K. Abdullayeva Qozog’iston Respublikasi Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universitetida akademik mobillikni o’tab kelishdi. Akademik mobillik doirasida dosent M.N. Ismatova va kata assistant U.K. Abdullayeva «Ментальное здоровье и COVID-19» konferensiyasida ishtirok etishdi.
2021 yil 18-22 noyabrgacha Turkiyaning Sog’lik bilimlari universiteti professori Ali O’zdemir kafedra akademik mobillik loyihasu bo’yicha talabalarga ma’ruzalar va mahorat darslarini o’tkazdi.
Institutda moddiy texnik bazani mustahkamlash, o’quv jarayonida talabalarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishni yo’lga qo’yish maqsadida nufuzli xorijiy ta]lim muassasalaridan biri bo’lgan Turkiyaning Koch universiteti bazasi bilan tanishish va tajriba almashtirish maqsadida N.Sh. Axmedova tashrif buyurdi. U yerda gematologiya, klinik-laboratoriya va ichki kasalliklar yo’nalishida talabalarni amaliy bilimlarini mustahkamlashda qo’llaniladigan ta’lim usullari, moddit texnik bazasi va xorijiy ta’lim usullari bilan tanishib, ularni institutda yo’lga qo’yish rejalari tuzildi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi magistrlarining Yevropa Ittifoqi davlatlarining ERASMUS+ IHOD loyihasi doirasidagi akademik mobilliggi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi terapiya mutaxassisligi bo`yicha magistratura talabasi Giyosova Nigora Odiljonovna ERASMUS+IHOD loyihasi doirasida Irlandiyaning Dublin shahrida 4-noyabrdan 29-noyabrgacha bo`lib o`tgan talabalar akademik mobilligida ishtirok etdi. Akademik mobillik University College Dublin universitetida tashkil etildi. Mobillik davomida Rossiyaning Kazan, Tomsk, Vladivostok, Vetnamning Hanoy va O`zbekistonning Toshkent va Buxoro viloyatlari Tibbiyot institutlaridan qatnashgan talabalar:
- Health Policy, Quality and Health Economics
- Global Health and Health Informatics
- Advanced Research Methods
- Bio-Statistics in Public Health
- Epidemiology of Chronic Disease
- Chronic disease Case Managment
- Leadership and Management Strategies
- Person-Centered Care
- Health Education and Promotion
- Practice Application
- Research Project – Applied to Practice
mavzularida mutaxassislardan ma`ruzalar tingladilar. O`qish davomida talabalar kichik guruhlarga ajratilib, har bir guruh o`zlariga berilgan mavzular bo`yicha kurs oxirida ma`ruza qilishdi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar loyiha tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.
Kafedra va viloyat hududidagi Peshku tumanida joylashgan Afshona tibbiyot kollejida o’quv va uslubiy ishlar doirasida hamkorlik o’rnatilgan. Hamkorlik doirasida ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar o’tkazib kelinmoqda.
EHM dasturlari
Kafedrada nashr etilgan o`quv qo`llanmalar
Kafedra professor o`qituvchilari tomonidan chop etilgan o`quv uslubiy qo`llanmalar
- Boshqa kafedralar
- Psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi
- Ichki kasalliklar kafedrasi
- Umumiy xirurgiya kafedrasi
- Patologik fiziologiya kafedrasi
- Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi
- Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi
- Аkusherlik va ginekologiya kafedrasi №2
- Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi