Davolash va ma’naviy – tarbiyaviy ishlar faoliyati

Davolash va ma’naviy – tarbiyaviy ishlar faoliyati

Fakultet va gospital terapiya kafedrasi professor o’qituvchilari Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat Kardiologik dispanserida davolash ishlarini olib borishadi. Bundan tashqari haftaning belgilangan kunida kafedra xodimlari tomonidan biriktirilgan bo’limlarda  bemorlar ko’rigi amalga oshiriladi. Institut rektori tashabbusi bilan oilaviy poliklinikalarda klinik kafedralarning filiallari tashkil qilingan. Jumladan, 2021-yil aprel oyidan  Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Ibn Sino oilaviy poliklinikasida kafedra filiali tashkil etilib, filialda talabalar uchun amaliy mashg’ulotlar, amaliyotdagi vrachlar uchun seminarlar tashkil etildi. Amaliy mashg’ulot jarayonida talabalar bevosita bemorlar bilan ishlab o’zlarining kasbiy  bilim va ko’nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.

Kafedrada muntazam ravishda talabalarning bo’sh vaqtlarini namunali tashkillashtirish, ularda vatanparvarlik kabi insoniy tuyg’ularni shakllantirish maqsadida  ma’rifiy-tarbiya tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, talabalar yotoqxonasida “Atrof muhitni muhofaza qilish”, “Giyohvandlik umr zavoli”, “Diniy ekstremizmga qarshi kurash” , “Sog’lom turnush tarzi- sog’lik garovi” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Kafedrada “Yosh terapevtlar”, “Yosh kardiologlar” kabi to’garaklar tashkil etilgan.