Kafedra tarixi
28.12.2021 2022-04-30 10:06Kafedra tarixi
Kafedra 1993 yil 13 avgustda institut rektori I.A. Mo‘minov buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat klinik kasalxonasining terapiya va gastroenterologiya bo‘limlari bazasida “Gospital terapiya kafedrasi” nomi tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi A.M. Kaylakov tayinlangan. Shu davrda kafedrada kafedrada davolash fakultetining 4-5- bosqich talabalari uchun gospital terapiya fanidan o’quv mashg’ulotlari olib borilgan.
1996 yilda kafedrada ilk ilmiy xodimlari Z.N.Hamidova va SH.S. Isomitdinovalar aspiranturaga qabul qilingan.
1998 yilda institut rektori R.M.Axmedov buyrug‘i bilan kafedraga «Kasb kasalliklari», «Xalq tabobati», «Endokrinologiya», «Fizioterapiya, HDT» va «Gematologiya» kurslari hamda «Fakultet terapiya» kafedrasi qo‘shilib, Fakultet va gospital terapiya deb nomlandi.
1999 yil sentyabr oyida kafedra tarkibidan « Kasb kasalliklari», « Xalq tabobati», «Fizioterapiya» kurslari chiqarilib, Fakultet va gospital terapiya kafedrasi, gematologiya kursi bilan deb nomlangan. Gematologiya kursiga t.f.n. K.J. Boltayev rahbarlik qilgan.
1995-2000 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Z.J. Jalolov boshqargan. 2001 yildan kafedra tarkibida gematologiya va laboratoriya ishi, endokrinologiya fanlari mavjudligi inobatga olinib, kafedra “Fakul’tet va gospital terapiya, gematologiya, endokrinologiya kafedrasi” deb nomlangan. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent K.J.Boltaev tayinlangan va 2019 yilgacha shu lavozimda faoliyat olib borganlar.
2012-2013 yillarda kafedra mudirligi lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi,dotsent Z.N.Hamidova faoliyat olib borgan.
Kafedrada bakalavr talabalari bilan birgalikda gematologiya, terapiya, kardiologiya, klinik-laborator diagnostika mutaxassisliklari bo’yicha klinik ordinatorlar tayyorlangan.
Kafedraning ilmiy faoliyatini shakllantirish jarayonida bir qator kafedra xodimlari aspiranturada ta’lim olganlar va ilmiy ishlarini himoya qilganlar. Jumladan, Boltayev K.J. “Qari va keksa yoshda ferrokinetika”(14.00.29-gematologiya), Nosirova M.SH. “Aterogen dislipoproteidemiyada qonnning lipid tarkibi va qon ivish sistemasini korreksiya qilishida “Tekom” dori pereparatini qo‘llash samaradorligi” (14.00.06-kardiologiya) mavzusida, Xamidova Z.N. “Gastroduodenal patologiya bilan asoratlangan bronxial astmaning o‘ziga xos kechishi va kompleks terapiyaning effektivligi” (14.00.05-ichki kasalliklar), Axmedova N.Sh. “Surunkali buyrak kasalliklari rivojlanishi diagnostic prediktorlari va oldini olish yo`llari’(14.00.05-ichki kasalliklar) mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
2013-yildan boshlab kafedrada ilk magistr qaldirg’ochlariga ta’lim berish boshlandi. Dotsentlar Boltayev K.J., Nosirova M.Sh., Xamidova Z.N. rahbarliklarida 3 nafar magistr trapiya yo’nalishida ta’lim olib magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Bugungi kunga qadar 15 dan ortiq magistr ta’lim olib ularning asosiy qismi kafedrada faoliyat olib bormoqda.
2020-2021 o’quv yilida kafedra tarkibidan gematologiya va klinik laborator diagnostika fanlari ajratib olinib alohida kafedra tashkil qilindi, fakultet va gospital terapiya kafedrasi esa nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi deb nomlandi
Kafedra mudiri lavozimida 2019 yildan PhD, dotsent N.Sh. Axmedova faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda kafedrada 3 ta PhD, 2 ta dotsent, 10 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda .