Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi

Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi

Akramov Vohidjon Rustamovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Mardanov Jamshid Jaхongirovich
dotsent
Хakimov Sherali Kuzievich
assistent
Хамraev Begzod О`ktamovich
assistent
Ahmedov Shamshod Shavkatovich
assistent
Yusupov Sirojiddin Yunusovich
assistent
Nematov Dilshod Amrillovich
assistent
Ziyadullaev Abdusalom Xabibullavich
assistent
Nurullaev Suxrob Ozodovich
assistent
Mirzamurodov Xabib Xalimovich
assistent
Raxmatov Karim Raximovich
assistent
Teshaev Azamat Azamovich
assistent

Kafedra tarixi

Тravmatologiya – ortopediya, XDJ vа  neyroxirurgiya  kafedrasi 1993 yil  8 mart  kuni  O’zbekiston respublikasi sog’liq saqlash vazirligining   №665 raqamli buyrug’i va   ko’rsatmalariga asosan  Buxoro davlat tibbiyot instituti  rektorining 91-9/3  raqamli buyrug’I  asosan  tashkil  etilgan . Kafedra mudiri T.f.d. professor I.Sh. Akramov  tayinlangan.

Akramov Istam Sharipovich t.f.d., professor

T.f.n. dotsent Akramov V.R.  1997 –2021  yillarda  t.f.n. dotsent Akramov V.R.  kafedra mudiri lavozimida ishlagan .

T.f.n. Mardanov J.J. 2021 yildan  t.f.n. Mardanov  Jamshid Jaхongirovich  kafedra mudiri etib tayinlangan.

«Travmatologiya va  neyroxirurgiya » kafedrasi Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filliali va “Star orthomed “ x/k   bazasida tashkil topgan.

Kafedra xodimlari t.f.n. Mardanov Jamshid Jaхongirovich

va  t.f.n. dotsent Akramov V.R. boshchiligida Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida joylashgan yangi zamonaviy binoning 1-2  qavatida joylashgan ortopediya va jarohat asoratlari, Neyroxirurgiya bo’limi   ning davolash ishlarida faoil ishtirok etadi. Kafedra assistentlari uzun naysimon  suyaklar shikastlanishini zamonaviy yuqori texnologiyali usullarini(bloklovchi intramedullar osteosintez, LCP plastinalari bilan suyakusti osteosintez) qollashadi. Kafedra dotsenti Akramov V.R. katta bo’gimlarni endoprotezlash bilan shug’ullanadi, Isroil, Italiya, Rossiyada amaliyot o’tab kelgan. 2014 yilda ilk bor viloyatda tizza bo’gimini yuqori texnologik artroskopik davolashni boshlagan. Bu yillar davomida 500dan ortiq artroskopik usulda operatsiya o’tkazgan.

Kafedra xodimlari tomonidan bugungi kunga kelib, 200 dan ortik ilmiy maqolalar chop etilgan. 5 ta ixtiro, 20 ta ratsionarlik taklifi taklif qilingan. Kafedraning ilmiy yoʼnalishi “Buxoro regionida tayanch – xarakat sistemasiga ekologiyaning taʼsiri”ni oʼrganish yoʼnalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.