Fakultet tarixi

Fakultet tarixi

  Stomatologiya fakulteti 1991-1992-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutining Davolash fakulteti tarkibida professor Akram Ibragimovich Mo’minov tomonidan tashkil etilgan. 1993 yilda Stomatologiya fakulteti, fakultet shaklida ajralib chiqib, unga O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan dekan lavozimiga dotsent Y.X.Yunusov tayinlangan. Keyinchalik, talabalarni o’qitish uchun professor-o’qituvchilarni tayyorlash va klinik bazalarni tashkil etish asosiy vazifalardan biri bo’ldi. Yuqoridagi vazifalarni tashkil qilish uchun ishchi guruh (dotsent t.f.n. Y.X. Yunusov, M.SH.Shodiev, T.SH.Fattaxov)lar jalb qilindi. 1993-yilda institut rahbariyati va Buxoro viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i t.f.d. M.M. Abduraxmonov buyrug’i bilan Buxoro viloyat 2-son stomatologiya poliklinikasi ochilib, unga T.SH. Fattaxov bosh hakim qilib tayinlandi. Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i t.f.d. M.M. Abduraxmonov va institut rektori professor A.I. Mo’minov buyruqlariga asosan, 1993-yilda “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi Viloyat klinik kasalxonasi yuz-jag’ jarrohligi bo’limida, terapevtik stomatologiya kafedrasi Buxoro viloyat 2-son stomatologiya poliklinikasida, bolalar stomatologiya kafedrasi Buxoro shahar Bolalar stomalogiya poliklinikasida joylashtirildi. Viloyatda mavjud har bir tuman stomatologiya poliklinikalaridan 1-2 donadan stomatologik bor mashina, kreslo va unga tegishli asbob va uskunalar olinib o’quv xonalari jihozlandi. 1994-1995 yillarda “Ortopedik stomatologiya”  kafedrasi tashkil etildi. 1996-yilda Sharq-1 mavzesida eski bog’cha binosi Stomatologiya fakultetining bir qancha kafedralariga amaliyot ba’zasi sifatida qayta ta’mirlandi. 1997-yilda ushbu binoga “Ortopedik stomatologiya” kafedrasi joylashtirildi va kafedra mudiri etib professor S.S. Agzamxodjaev tayinlandi. 1997-yilda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Izroil va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqarilgan 20 ta stomatologik bor mashinalar va 2 ta ortopantomograf olib berildi.

Stomatologiya fakultetida dekan lavozimida ishlagan professor-o’qituvchilar

YillarDekanlar
1993-2004Yunusov Y.X.
2004Idiev G’.E.
2004-2009Nurov U.I.
2010Inoyatov A.SH.
2010-2012Teshaev SH.J.
2012-2014Inoyatov A.SH.
2014-2015Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali Stomatologiya fakulteti dekani Inoyatov A.SH.
2015-2016Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali Stomatologiya fakulteti dekani Rajabov O.A.
2016 -2017Inoyatov A.SH.
2017-2018Idiev G’. E.
2018Rajabov O.A.
2019Xabibova N.N.
2020Raximov Z.Q.
 2021Saidov A.A.
 2021Xabibova N.N.