Kafedra erishgan yutuqlar

Kafedra erishgan yutuqlar

 Kafedraning ilmiy yo`nalishi bo`lib:Tez o`zgaruvchan  iqlim  sharoitida  quloq, tomoq va yuqori nafas  yo`llari  kasalliklari  sabablari  va davolash  choralarini  ishlab  chiqish” vaTez oʼzgaruvchan iqlim sharoitida koʼz kasalliklari sabablari va davolash choralarini ishlab chiqish” hisoblanadi. Kafedrada  shu mavzuga oid 1 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik  ishi  himoya qilingan.

Kafedra  o`qituvchilaridan R.R.Radjabov va N.U.Narzullayev masofadan o`qitish bo`yicha Krasnoyarsk tibbiyot universitetida malaka oshirdilar. N.X.Voxidov, R.R.Radjabov, U.I.Nurov, N.U. Narzullayev 2013 yilda mutaxassislik bo`yicha viloyatda bo`lib o`tgan, sayyor  siklda davolash ishi bo`yicha o`zlarining malakalarini oshirib, sertifikat oldilar. Kafedra katta o`qituvchisi R.R.Radjabov 2019-yilda akademik mobillik bo`yicha Tojikiston Davlat tibbiyot universitetining LOR-kasalliklari kafedrasida bo`lib, talabalarga ma`ruzalar o`qidi, amaliy mashg`ulotlar o`tkazdi, shuningdek, bemorlar ko`rigida va jarrohlik amallarida qatnashib tajriba almashdi. 2020-yilda kafedra katta o`qituvchisi R.R.Radjabov Qarag`anda Davlat tibbiyot universitetining 4-bosqich talabalariga otorinolaringologiya fani bo`yicha ma`ruza, amaliy mashg`ulotlar o`tkazdi.

Kafedra dotsenti N.H.Vohidov 2012-yilda “Sog`liqni saqlash a`lochisi” ko`krak nishoni va kafedra assistenti H.N.Nurddinov 2020 yilda  “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Kafedrada “Yosh otorinolaringolog” va “Yosh oftalmolog” toʼgaraglari tashkil qilingan bo`lib, to`garag a`zolari TIJga dolzarb ma`ruzalar bilan qatnashib, 20 ta talaba sovrinli o`rinlarni egallagan. “Yosh otorinolaringolog” to`garagi a`zosi U.R.Qosimov N.U.Narzullayev rahbarligida 28.09.2020 yilda Qozog`istonda bo`lib o`tgan “Лучшие молодые учёные-2020” Ilmiy anjumanda 1-darajali diplom va ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. Sh.Sh.Yaxyoyev F.S.Ikramova rahbarligida “Samarqand-2020” xalqaro olimpiadada “Научный подход к решению проблемы” nominatsiyasi g`olibi bo`ldi.

 Kafedra xodimlari o`quv ishlari bilan birga ilmiy izlanishlar olib borishyapti. Jumladan, R.R.Boboyeva “Rutanning xoleritik faoliyatini ekspremental o`rganish”, G.B.Jo`rayeva “Клинико-лабораторные исследования больных с изменениями зрения при почечной недостаточности”, G.R.Odilova “Краниальная морфометрическая характеристика светопреломляющей части глаза и элементов глазного яблока у детей с диабетом”, H.N.Nuriddinov “Surunkali polipoz rinosinusitlarni jarrohlik yo`li bilan davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish”, F.S.Ikramova “Bolalarda yiringli o`rta otitning immunologik aspektlari” mavzularida ilmiy izlanish olib boryaptilar. Shuningdek, kafedra xodimlari  tomonidan  mahalliy va xorij jurnallarida ko`plab ilmiy maqola va tezislar chop etilgan, o`quv qo`llanma,  monografiya va   elektron darslik  yaratilgan. Bundan tashqari kafedrada 10 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari kiritilgan va 5ta patent olingan, 6 ta EHM dastur yaratilgan.

Germaniya Federativ Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti loyixasiga asosan tibbiyot fanlari doktori Tomas Overlak 2019 yil 29 martdan 14 aprelgacha otorinolaringologlar malakasini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida bo’lib, Buxoro davlat tibbiyot instituti Otorinolaringologiya, onkologiya va oftalmologiya kafedrasi talabalari, magistr va klinik ordinatorlariga “Quloq kasalliklari” mavzusida ma’ruzalar o’qidi va ular bilan birgalikda bemorlar ko’rigi, jarrohlik amaliyotini o’tkazdi. 

“Otorinolaringologiya va oftalmologiya” kafedrasida hozirda 17 ta magistr va 8 ta klinik ordinator tahsil olmoqda.

 Kafedrada bugungi kunda t.f.n., dotsent U.I.Nurov, t.f.n., professor N.H.Vohidov, t.f.n., dotsent G.R.Odilova, DSc N.U.Narzullayev, PhD G.U.Nurova,  kafedra katta o`qituvchisi R.R.Radjabov, mustaqil izlanuvchilar R.R.Boboyeva, H.N.Nuriddinov, F.S.Ikramova, N.Y.Xuddiyeva, tayanch doktorant M.X.Xasanov tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarning o`quv tajribasini o`rgangan holda respublika oliy ta`lim tizimi talablariga mos o`qitish usullaridan foydalanib davolash ishi, tibbiy pedogogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti talabalariga o`zbek, rus, ingliz tillarida otorinolaringologiya va oftalmologiya fanidan ma`ruza, amaliy va klinik mashg`ulotlardan talabalarga bilim berishmoqda.

Kafedrada «Yosh otorinolaringologlar» va «Yosh oftalmologlar» to`garaglari tashkil qilingan bo`lib, darslar kafedra xodimlari tomonidan muntazam olib boriladi. To`garag a`zolari konferentsiyalarda, shuningdek, Respublika tanlovlarida qatnashib sovrinli yutuqlarni qo`lga kiritishgan.

KAFEDRADA TASHKIL QILINGAN “YOSH OFTALMOLOGlLAR” VA  “YOSH OFTALMOLOGLAR” TO’GARAGIDAN FOTOLAVHALAR

KAFEDRA HAYOTIDAN LAVHALAR