Xalqaro talabalar fakulteti

Xalqaro talabalar fakulteti

Hasanova Dilnoza Axrorovna

Fakultet dekani

Fakultet xodimlari

Xudoyberdiyev Dilshod Karimovich
O'quv ishlari bo'yicha Dekan muovini
Panoyeva Niso Yo'ldasheva
O'quv ishlari bo'yicha Dekan muovini
Ramazonova Zarina Salimovna
Ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha Dekan muovini
Djumayeva Dilnora Murodovna
Bosh mutaxassis
Rajabov Sardor G’olibovich
Bosh mutaxassis
Hamroyeva Zilola Hikmatovna
Tyutor
Boboyeva Sadina Nishonovna
Tyutor
Kadirova Malika Erkinovna
Tyutor
Hojiyeva Mehrangiz G'ayrat qizi
TYUTOR
Norova Iroda Kuldashovna
Uslubchi
Xarayeva Mavluda Jo'rayevna
uslubchi

Fakultet tarixi

Ikki diplomli qo’shma ta’lim dasturlari

BITTA DIPLOM – YAXSHI, IKKITA ESA – A’LO!

Ikki tomonlama diplom dasturlari – bu nafaqat xalqaro tajribani olish, balki bir bakalavriat yoki klinik ordinatura dasturi bo’yicha o’qish davrida ikkita diplom egasi bo’lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

So’nggi yillarda bizning alma materimiz dunyoning yetakchi tibbiyot universitetlari bilan hamkorlik qilish bilan bir qatorda hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda, hozirgi kunda ularning soni 136 ga yetdi. Ularning ko’pchiligi bilan ikki tomonlama diplom dasturlarini rivojlantirish bo’yicha bitimlar imzolangan bo’lib, unda hamkor universitetlar ta’lim olish istagani bildirgan talabalarni bir-birlariga o’qishga uzatadilar.

Ikki tomonlama diplom dasturlarining asosiy xususiyatlari va afzalliklari:

  • muayyan hamkor universitet bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
  • ta’lim dasturlari va o’quv rejalari sinxronlashtiriladi va taqqoslanadi;
  • ikki tomonlama diplom dasturida ishtirok etgan universitetlarda talabalarning doimiyligi ta’minlanadi;
  • o’qitish tili – rus tili, ingliz tili, turk tili;
  • ta’lim jarayoni tugagandan so’ng talabalarga har ikki hamkor universitetlar mutaxassislik darajasi beriladi;
  • ta’lim davrlari va imtihon natijalari hamkor universitetlarda avtomatik ravishda tan olinadi va hamkor oliy o’quv yurtlarida mavjud bo’lgan kelishuvlar, umumiy tamoyillar va sifat kafolati standartlari asosida hisoblanadi.

Chet elda o’qish va ikkita diplom olish bilan bir qatorda, dastur ishtirokchilari turli xil ijobiy tajribalarga ega bo’ladilar:

  • yangi zamonaviy tajribalar asosida o’qiydilar, o’zbek va xorijiy tajriba doirasida amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar;
  • ta’lim sifatini baholashning turli tizimlarida ishtirok etadilar;
  • Buxoro davlat tibbiyot instituti va xorijiy Oliy o’quv yurtlarining tajribali professorlari ma’ruzalarida qatnashadilar;
  • o’zlarini chet tilida tanishtirishni o’rganadilar va ishonch bilan yangi muhitga moslashadilar;
  • madaniyatlararo muhitda o’qiydilar;
  • doimiy til amaliyotini oladilar;
  • talabalarning mobillik dasturlarida ishtirok etadilar.

Buxoro davlat tibbiyot institutining ikki tomonlama diplom dasturlari ro’yxati juda keng. U bilan tanishib, o’zingiz uchun kerakli yo’nalishda munosib dastur topishingiz mumkin

Dastur nomi

Oqitish tili

Hamkor oliy ta’lim muassasalari

O’qish davomiyligi

BAKALAVRIAT

Davolash ishi

rus tili

Dog’iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

3+3

Pediatriya

rus tili

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiaysi)

3+3

Klinik psixologiya

rus tili

Orenburg davlat tibbiyot universiteti

(Rossiya Federatsiaysi)

3+2,5

Farmatsiya

ingliz tili

GD Goenka Univrsiteti (Hindiston)

2,5+2,5

Stomatologiya

rus tili

Kuban davlat tibbiyot universiteti

(Rossiya Federatsiyasi)

2+3

KLINIK ORDINATURA

Kardiologiya

rus tili

Profilaktik tibbiyot milliy tibbiyot tadqiqot markazi (Moskva sh., Rossiya Federatsiaysi)

1+1

Terapiya

Rentgenendovaskulyar tashxis va davolash

Akusherlik va ginekologiya

rus tili

Akademik V.I. Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiyot tadqiqot markazi

1+1

Neonatologiya

O’zbekiston fuqarolari uchun kirish haqida ma’lumot

Qabul komissiyasi

  • 65 223-43-90
  • Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Navoiy shoh ko’chasi 1-uy

Xorijiy fuqarolar uchun qabul to’g’risida ma’lumot

Xorijiy talabalar bilan ishlash bo’limi

Hamkorlik

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar.

Fakultetda yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ma’naviy – ma’rifiy ishlar maqsadga muvofiq tizimli tashkillashtirilgan. Talaba yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mazkur yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilayapti.

Dekanat tomonidan talabalar turar joyida turli xil tadbirlar, dekan va dekan muovinlari boshchiligida tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, uchrashuvlarning sifatli o‘tkazilishiga etibor qaratilmoqda.                  Talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qadimiy va navqiron Buxoroning tarixiy qadamjolariga sayoxatlar tashkil qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019- yilning 19- martida “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini” amalga oshirish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, san’at, sport, kitobxonlik, kompyuter savodxonligi va yoshlarni, ayollarni ish bilan ta’minlash  yo‘nalishlarida  tadbirlar o‘tkazilmokda.

Iqtidorli talabalar bilan ishlar.

Institut bo‘yicha iqtidorli talabalarni aniqlash bo‘yicha monitoring o‘tkazilib, ular orasidan ilmli, iqtidorli talabalar saralangan. Qozoqistonda o‘tkazilgan operativ jarroxlik va topografik anatomiya olimpiadasida, Buxoro Davlat Tibbiyot institutida anatomiya fanidan o‘tkazilgan olimpiadada Usmonov Soxib 1 o‘rinni egalladi.

Fakultet ilmiy salohiyati

Xalqaro fakultetda bugungi kunda 3 nafar professor va 1 ta fan doktori,    10 nafar fan nomzodlari, 8 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi va 40 nafar assistent xodim talabalarning ilm olishlari uchun faoliyat ko‘rsatib kelmokdalar.

Ilmiy kengash faoliyati.

Xalqaro fakultet ilmiy kengash tarkibiga 14 nafar professor- o‘qituvchilar, institut yoshlar yetakchisi va  Ilmiy kengashning tasdiqlangan ish rejasi asosida har oyda bir marotaba faoliyat olib boradi. Ilmiy kengashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda institutning ichki buyruqlarini bajarilishi muhokama qilib boriladi. Fakultetning ilmiy kengashida kafedralardagi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy, yoshlar ishlari va Xalqaro ishlarining borishi, interaktiv   usullardan foydalanish darajasi tahlil qilinib, kamchiliklar tuzatilib, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.   Xalqaro fakultetga 2019-2020 yillar davomida 1026-nafar talaba qabul qilingan bo‘lib, chet ellik talabalar 429-nafarni tashkil qiladi.