Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Buxdti talabalari oitsga qarshi

культура39

Buxdti talabalari oitsga qarshi

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida 1988 yilda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1 dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan joriy yilda bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida o’tkazilmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi. Birgina o’tgan 2019 yilda bu kasallik 690 ming kishining o’limiga sabab bo’lgan.

Pediatriya fakulteti talabalari Butunjaxon OITSga karshi kurash kuniga bagishlangan marafonda ishtirok etmoqdalar.