Bo’lim tarixi

Bo’lim tarixi

Buxoro Davlat Tibbiyot institutida vrach mutaxassislarni magistraturaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 11- iyundagi “2013-2014- o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi PQ-1982-sonli qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013- yil 18- iyuldagi №263-sonli “2013-2014- o‘quv yiliga oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirish sinovlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan tashkil qilindi. Magistratura bo’limi institutda tahsil olayotgan magistrlar va klinik ordinatorlar faoliyatiga muvofiqlashtirib kelmoqda. Unga asosan 2013-2014- o’quv yilida Akusherlik va ginekologiya, Umumiy xirurgiya, Ichki kasalliklar (Terapiya) va Morfologiya mutaxassisliklari bo’yicha magistraturaga qabul qilindi.

               2013-2014- o‘quv yilida institutda Magistratura bo‘limi tashkil qilindi va bo‘lim mudiri qilib Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi dotsenti                 I. Mirxodjayev     tayinlandi.

        2015-2016- o’quv yilida 2015- yil 23- iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2359-sonli qarori asosida Sport tibbiyoti mutaxassisligi bo’yicha yangi magistratura yo’nalishi ochildi.

        2015-2017- yillar magistratura bo’limi boshlig’i bo’lib, Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi mudiri, dotsent Davronov Raxmon Davronovich faoliyat ko’rsatdi.

       2015- yilda 3 nafar, 2016- yilda 18 nafar, 2017- yilda 26 nafar magistrlar o’z mutaxassiliklari bo’yicha magistraturani tugatib shulardan 20 nafari institutda faoliyatini davom ettirmoqda.

       2016-2017- o’quv yilida O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2016- yil 26- maydagi PQ-2534-sonli qarori asosida Buxoro davlat tibbiyot institutida magistratura yo’nalishlarining yangi Endokrinologiya, Oftalmologiya, Otorinolaringologiya va Kardiologiya mutaxassisliklari ochildi. Magistratura va klinik ordinaturaning barcha yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM tomonidan 2017- yilida Davlat attestatsiya va akkreditatsiyasidan o’tdi. 2016-2017 yillarda bo‘limni dermatovenerologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Raxmatov olim Bobomurodovich boshqargan

       2017-2018- o’quv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 5- maydagi PQ-2955 sonli qarori asosida Dermatovenerologiya va Stomatologiya mutaxassisliklari bo’yicha yangi yo’nalishlar tashkil qilindi.

       Institut magistrlari Boymurodov Ravshan, Zuxurov Suxroblar xalqaro “TEMPUS”grant dasturi bo’yicha xorij mamlakatlarida malaka oshirib keldilar.

Magistratura talabalari Kadirov Bexruzbek, Badriddinova Barnolar 2017- yilda, Rizaeva Mexriban, Badriddinova Barnoxon, Kudratova Dilnoza, Jalolova Nigina, Kadirov Bexruzbek 2018- yilda Samarqand davlat tibbiyot instituti bazasida “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzuida o’tkazilgan 71-72- xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda nufuzli o’rinlarni egallab, diplomlar sohibi bo’ldilar. 2018- yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida Tosheva Iroda va Oripova Feruzalar Akusherlik va ginekologiyadan malakaviy amaliyot o’tadi. 2018- yil Moskva shahrida “Snegeryovskie chtenie” to’rtinchi Rossiya ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib Guvohnoma bilan taqdirlandi. Oripova Feruza “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi magistranti 2018- yil Yoshlar ittifoqi “O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni” nomzodi sifatida qatnashib viloyat bosqichidan o’tgan.

1. Birinchi kursga qabul qilingan 45 nafar magistratura talabalariga dissertatsiya mavzulari tanlanib ularning ilmiy rahbarlari va kafedra mudiri bilan birgalikda ko’rib chiqilib, dastlab kafedrada muhokama qilindi. 20 mutaxassislik bo’yicha barcha magistrlarning ilmiy mavzulari 3 oy davomida “Muammolar komissiyasi”da muhokama qilinib, dekabr oyining oxirida fakultet kengashida tasdiqlandi. 2018-2019 yillarda bo‘limga t.f.d., dotsent O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich rahbarlik qildi.

2. 2018-2019- o’quv yilida magistratura mutaxassisliklariga yarim yillik semestr yakunlari bo’yicha attestatsiya o’tkazish amalga oshirildi.

3. Institutda 2018-2019- o’quv yili uchun “Yo’l xaritasi”da belgilangan bitiruvchi magistratura talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini (YaDA) va magistrlik dissertatsiya himoyasini tashkil etish va o’tkazish iyun oylarida rejalashtirilgan. 2018-2019- o’quv yilida 11 mutaxassislik bo’yicha 20 nafar bitiruvchi, ulardan 9 nafari grant asosida, 11 nafari kontrakt asosida tugatdi.

         2019-2020 o’quv yilida jami 22 yo’nalish bo’yicha 59 talaba 1 kursga qabul qilindi. Ulardan 17 nafar grant, 42 nafar tolov – kontrakt asosida qabul qilindi.

       2020 – yil 10 yanvardan to hozirgi vaqtga qadar magistratura bo’limi boshlig’i vazifasida akusherlik-ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.  Ashurova Nigora Gafurovnafaoliyat ko’rsatmoqda.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, Magistraturada Qo‘shma ta’lim dasturi (1+1) asosida Polsha Respublikasining Luis Universiteti bilan hamkorlikda “Menejment. Tibbiyotda menejment” yo‘nalishi ochildi.Hozirda ushbu yo‘nalishda 18 nafar talaba tahsil olmoqda.

                2021-2022 o’quv yilida  jami 27  yo’nalish  bo’yicha  96 nafar  talaba        1- kursga qabul qilindi. Ulardan 24 nafari grant, 73 nafari to’lov – kontrakt asosida qabul qilindi.

         Hozirda magistratura yo`nalishlari bo`yicha jami 255 nafar  talaba tahsil olmoqda.   Ular institut bazalarida ilmiy tadqiqot ishlarini jadal olib borish bilan birgalikda, chet tilini o‘rganish borasida yaxshi natijalarga erishishmoqda. Ko‘pchilik magistrantlar Respublikamiz va Xorijning yetakchi tibbiyot markazlari va Universitetlarida akademik mobillik doirasida o‘z malaka va tajribalarini oshirib qaytishmoqda.