Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi

Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi

Buxoro Davlat Tibbiyot institutida  22-28 dekabr kunlari davolash, tibbiy-pedagogika, pediatriya , tibbiy-profilaktika va stomatologiya fakultetlari Kengashlari bo‘lib o‘tdi. Kengashlar yig‘ilishida 1-kurs magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyasi uchun rejalashtirgan mavzulari muhokama  qilindi va  tasdiqlandi. Magistratura rezidentlari ilmiy rahbarlar ishtirokida  Kengash a’zolarini ilmiy ishlari mavzusiga oid taqdimot ma’ruzalari bilan tanishtirdilar. Kengashda ilmiy ishlarning mavzulari, qo‘yilgan maqsad va vazifalari, ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyatiga oid masalalar  qizg‘in muhokama qilindi. Magistratura talabalariga material hajmi, o‘rganiladigan ob’ekt va tekshirish uslublariga doir maslahatlar berildi.