Simulyatsiya o’quv-klinik markazi

Simulyatsiya o’quv-klinik markazi

Soliyev Alisher O’roqovich

markaz direktori

Bo'lim xodimlari

G‘afforov Abduxalil Muzaffarovich
Uslubchi

Markaz haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3171-sonli qarorining “Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida simulyatsiya o‘quv-klinik markazi tashkil etish” bandi ijrosi yuzasidan institutda 2022 yil 5-sentyabr kuni simulyasion o‘quv-klinik markazi yangi binoda faoliyat boshladi

BDTI simulyatsiya o`quv-klinik markazi binosi

Markazda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘quv xonalari mavjud: Anesteziologiya-reanimatsiya; Jarrohlik; Otorinolaringologiya; Akusherlik va ginekologiya; Pediatriya va neonatologiya; Terapiya va ichki kasalliklar propedevtikasi; Oftalmologiya; Stomatologiya. Bu xonalarning barchasi tegishli simulyatsiya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu talabalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi.

2022-yil may oyida simulyatsiya o‘quv-klinik markazi zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlandi. Akusherlik-ginekologiya, pediatriya-neonatologiya, terapiya, jarrohlik, anesteziologiya-reanimatsiya kabinetlari boyitildi. Markaz to’liq jihozlangan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan.

Markazda 7 ta o`quv xonasi, 1 ta ma`ruza xonasi, 1 ta ilmiy ishlar himoyasi xonasi, 2 ta talabalar uchun laboratoria xonasi, 15 ta amaliy ko`nikmalarni o`rganish uchun mulyajlar bilan ta`minlangan xonalar mavjud. 

Simulyatsiya o`quv-klinik markazida bir vaqtning o`zida 400 talaba amaliy va nazariy mashg`ulotlar bilan shugullanishi mumkin. Bundan tashqari 50 ta talabaning nazariy bilimlarini baholash mumkin, hamda talabalar klinik laboratoriyada tahlillar o`tkazish uchun bevosita ishtirok etishlari mumkin.

Institutning ushbu yangi “Simulyatsiya o‘quv-klinik markazi” quyidagi xonalardan tashkil topgan:

                   1-qavat

  1. Biokimyoviy laboratoriya
  2. Yuvish xonasi
  3. Gistologik laboratoriya
  4. Disseksiya xonasi
  5. PZR laboratoriya xonasi
  6. Gistologok o‘quv tahlil xonasi
  7. Nazariy bilimlarni baholash markazi

                     2- qavat

  1. Ekspert xonasi
  2. Debrifing xonasi
  3. Laparoskopik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
  4. Palata
  5. Bolalar reanimatsiya o‘quv xonasi
  6. Operatsiyadan oldin yuvinish xonasi
  7. O‘quv jarrohlik xonasi
  8. Shok holatlarida reanimatsiyani o‘rganish xonasi
  9. Telemeditsina xonasi
  10. Favqulotta vaziyatlar xonasi
  11. O‘quv tug‘ruq xonasi
  12. Pediatriya o’pka yurak reanimatsiya xonasi
  13. Anatomik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
  14. Direktor xonasi

                     3- qavat

  1. Stomotologik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
  2. Debrifing xonasi
  3. Jarrohlik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
  4. Labarator ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
  5. Yuz jag‘ xirurgiyasi va otolaringologik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi
  6. Travmatologiya xonasi
  7. Muolaja xonasi
  8. Maʼruza xonasi
  9. Konferensiya zali
  10. Xodimlar xonasi

Simulyatsiya markaziga tashrif buyurgan mehmonlar

Vitalis Ritter – KfW, Portfolio menejeri, Nigora Karabayeva – KfW, katta loyiha koordinatori, Korneliya Bekker – GIZ sog‘liqni saqlash bo‘yicha loyiha menejeri; Aliya Jalmagambetova, – GIZ loyiha koordinatori.

Talabalar maruza jarayonida

O’pka yurak reanimatsiyasi amaliyoti

Laboratoriya mashg’ulotlari

Anatomiya fanining amaliy mashg’ulotlari

Laboratoriya faoliyati

Gistologik o‘quv tahlil xonasida talabalarning amaliy ko‘nikmalarni bajarishi

Talabalarning nazariy bilimlarini baholash markazi

Simulyatsiya markazi gistologik laboratoriya xonasi

Shok reanimatsiyani o‘rgatish xonasi

Simulyatsiya markazi o‘quv jarroxlik xonasi

Talabalarning o‘quv jarroxlik xonasida amaliy ko‘nikmalarni bajarishi

Pediatriyada O‘.Y.R. o`tkazish xonasi

Pediatriya O‘.Y.R xonasi

Urologik va proktologik ko‘nikmalarni o‘rganish xonasi

Akusher-ginekologiya xonasida talabalarning amaliy ko‘nikmalarni o`rganish jarayoni

Ilmiy ishlar himoyasi xonasi

Laboratoriya mashg’ulotlari xonasi

Stomotologik ko’nikmalarni o’rganish xonasi

Muolaja xonasi

Tug’ruq jarayonini o’rganish xonasi

Qon bosimini o’lchash, o’pka yurak reanimatsiyasini o’tkazish, yurak va o’pka auskultatsiya qilish, pulsni aniqlash, qorachiqni yorug’likka reaksiyasini tekshirish simulyatori