Xotin-qizlar qo’mitasi

Xotin-qizlar qo’mitasi

Qurbonova Gulnoz Negmatovna

Ayollar kengashi raisi

Jamiyatning har qaysi sohasida ayol o`rni beqiyosdir. Ularning o`rnini jamiyatda  rivojlantirish    yurtboshimiz  M. Sh. Mirziyoyev tomonlaridan alohida e`tibor berilib, ularning yurtimizdagi qadr-qimmati davlat siyosati darajasigacha ko`tarilgan. Barcha jabhalarda ayollarning faoliyati qo`llab-quvvatlanishi fikrimizninmg yorqin dalilidir. Jumladan, Buxoro davlat tibbiyot institutining “Xotin-qizlar maslahat kengashi” tomonidan xotin-qizlar hayoti va faoliyatini yaxshilash borasida ko`plab tarbirlar tashkil qilinmoqda. Bunda institutda faoliyat ko`rsatayotgan har bir xotin-qiz va har bir talaba-qizlarga moddiy va ma`naviy yordam berish va ularning jamiyatda mustahkam o`z o`rniga ega bo`lishida namunali ishlar olib borilmoqda. Bu kabi tadbirlarda  “Xotin-qizlar maslahat kengashi”ning raisi Qurbonova Gulnoz Negmatovnaning o`rni alohida. Pedagogika fanlar doktori, O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudirligi barobarida “Xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti”da tinimsiz izlanadi. “Mo`tabar ayol” ko`krak nishoniga sazovor deb topilgan mo`tabar ayol tomonidan “Gender tenglik qizlar nigohida”, “Xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rni”, “Xotin-qizlar davlat himoyasida, “Milliy liboslarda aks etgan an`ana”, “Ayol dunyoni tebratadi” kabi mavzulardagi tadbir o`tkazilishida jonbozlik ko`rsatilgan. Bundan tashqari, G.N. Qurbonova tufayli institutning har bir xotin-qizlari, va talaba-qizlari bilan individual suhbat yuritilib, ularning muammolarining yechimida ma`naviy va moddiy yordam ko`rsatishga harakat qilinadi.  Qurbonova Gulnoz Negmatovna tomonidan olib borilayotgan targ`ibot ishlari albatta, kelajakda o`zining samarali natijasini berishi shubhasiz.