Kafedra tarixi

Mazkur kafedra 1990-yil 30- oktyabrda institut rektorining №4\7 buyrug’igaasosan tashkil etilgan bo’lib, dastlab “Tillar” kafedrasi negizida o’z faoliyatini boshlagan. Kafedraning birinchi mudiri etib filologiya fanlari doktori, professor Narzullo To’rayevich Shodiyev tayinlangan. 1991-2009- yillarda“Tillar” kafedrasini filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yozil Hamroyevich Hamroyev boshqardi.

Tillarning o’qitilishiga e’tibor kuchaygandan so’ng “Tillar” kafedrasi 1992-yil 28-avgustdan ikkiga bo’linib, “Xorijiy tillar” va “O’zbek tili, adabiyoti va rus tili” kafedrasi deb nomlandi. “O’zbek tili, adabiyoti va rus tili” kafedrasi mudiri etib Nazrullo Naimovich Naimov tayinlangan ( 1992- yil 9- sentabrdan 1997- yilgacha), 1997 yildan 2013 yilgacha f.f.n., dotsent Hikmatova Muqaddas Nurullayevna boshqardi.

 “Xorijiy tillar” va “O’zbek, rus tillari, pedagogika va psixologiya” kafedrasi yana birlashib, “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi deb nomlandi. 2013-yilning 18-noyabridan boshlab kafedrani professor Qurbon Badriddinovich Shodmonov boshqardi.2017- yil avgustoyidan boshlab kafedra “Tillar kafedrasi” deb yuritila boshlandi.

2018- yil avgust oyidan boshlab institut rektorining buyrug`iga asosan, “Pedagogika, psixologiya va tillar” kaferasiga ajratildi. Kafedra mudiri etib, p.f.n., dotsent G.N. Qurbonova tayinlandi.O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 21 noyabr 87.04.2665-sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi “ O’zbek tili va adabiyoti” o’zgartirildi.  Hozirda kafedrada 11 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. “O‘zbek   tili  va  adabiyoti”  kafedrasida  institut tashkil topgan  kundan boshlab shu kungacha — 30 yil davomida Baxronova Zubayda  Saidovna va  dotsent Abdullayeva Dilorom  Axmedovna ajoyib tajribali pedagoglar sifatida faoliyat ko‘rsatib, talabalarni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalab, barkamol shifokorlar tayyorlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Kafedra ilmiy yo’nalishi: Tibbiyot institutlarida rus, o`zbek tililarini o’rgatishda ixtisosiy nutqini o’stirish metodikasi. O’zbek va rus tillarni ikkinchi til sifatida o’qitish usuliyotidan yaxshigina xabarbor bo’lish,zamonaviy o’qitish usullarini ijodiy qo’llashni o’zlashtirish, o’zbekcha va ruscha nutqni amaliy egallash, til o’qitishning kommunikativ tamoyilliga asoslangan holda ish ko’rishni shart qilib qo’yadi.