Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi
17.12.2021 2023-09-25 10:10Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi
Kafedra xodimlari
Kafedra tarixi
Yuqumli kasalliklar kafedrasi Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.I. Moʼminovning 1993 yil 4-yanvardagi №1/03 buyrugʼiga asosan Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar kasalxonasi xududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi Abdurashid Raximovich Obloqulov tayinlangan. Assistentlar Arashova Gulnora Amirqulovna, Rajabov Fazliddin Fayzievich, klinik ordinatorlar Hamdamov S.S. va Botirova I.A. bilan ish faoliyatini boshlagan. 1997 yilda kafedra assistenti S.G. Xudoydodova 1999 yilda kafedra assistenti O.B. Rahmatov, 2003 yilda kafedra assistenti A.A.Toʼxtaev, 2006 yilda kafedra assistenti M.R.Mirzoeva nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdi. 2005 yil 1 apreldan boshlab “Yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi sifatida 2013 yil avgustigacha faoliyat koʼrsatgan boʼlsa, hozirda “Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya” kafedrasi deb yuritilmoqda.
Kafedra mudiri А.R.Obloqulov Tibbiy pedagogika va OHI fakulьteti dekani lavozimiga oʼtganligi sababli 2019 yil avgust oyidan 2021 yil 10 yanvarigacha Mirzoeva M.R. kafedra mudiri vazifasida faoliyat koʼrsatgan.
2021 yil 10 yanvaridan t.f.d., professor А.R.Obloqulov Institut kengashi qaroriga muvofiq kafedra mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan.
Kafedra xodimlari tomonidan “Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi” (2007, 2014), “Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi” (2018), “Сестренское дело при инфеционных болезней” (2018), “Инфекционные болезни” (2020), “Parazitologiya” (2021), “Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya” (2021) darsliklari, ”Teri-tanosil kasalliklari” (2016), “Yuqumli kasalliklar” (2016), “Bakteriozlar” (2016, 2021), “Virusli infektsiyalar” (2018), “Parazitar kasalliklar” (2019), “Koronavirusli infektsiyalar” (2020), “Rikketsiozlar” (2021) oʼquv qoʼllanmalari, “Virusli gepatitlar” (2009, 2015) monografiyalari, 400 ortiq ilmiy ishlar hamda 50 dan ortiq oʼquv-uslubiy koʼrsatmalar va qoʼllanmalar chop etilgan. Kafedra faoliyati davomida 1 nafar xodim doktorlik va 8 nafar xodimlar esa nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, professor, 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari, dotsent, 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 5 nafar assistentlar faoliyat koʼrsatmoqda.
Kafedra xodimlari faoliyatining davolash yoʼnalishi Viloyat yuqumli kasalliklari kasalxonasi amalga oshirilayapti. Kafedra tomonidan Sogʼliqni saqlash tizimiga 100 dan ortiq klinik ordinatorlar va magistrlar tayyorlandi.
Hozirda DSc., professor A.R. Obloqulov, M.R.Mirzoeva t.f.n., dotsent S.G. Xudoydodova, katta oʼqituvchi G.A. Arashova, assistentlar t.f.n. I.I.Narziev, t.f.n. Oʼ.А.Xolov, M.A.Farmonova, A.A.Elmuradova, PhD assistentlar Z.D.Keldiyorova, N.Q. Hamidova, assistentlar S.A. Sanoqulova, M.A. Igamova, M.M.Ergashov, M. Z, Abdullayev , S. B. Ashurova va A.A.Obloqulovlar faoliyat koʼrsatayaptilar.
Yuqumli kasalliklar kafedrasi Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.I. Moʼminovning 1993 yil 4-yanvardagi №1/03 buyrugʼiga asosan Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar kasalxonasi xududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi Abdurashid Raximovich Obloqulov tayinlangan. Assistentlar Arashova Gulnora Amirqulovna, Rajabov Fazliddin Fayzievich, klinik ordinatorlar Hamdamov S.S. va Botirova I.A. bilan ish faoliyatini boshlagan. 1997 yilda kafedra assistenti S.G. Xudoydodova 1999 yilda kafedra assistenti O.B. Rahmatov, 2003 yilda kafedra assistenti A.A.Toʼxtaev, 2006 yilda kafedra assistenti M.R.Mirzoeva nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdi. 2005 yil 1 apreldan boshlab “Yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi sifatida 2013 yil avgustigacha faoliyat koʼrsatgan boʼlsa, hozirda “Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya” kafedrasi deb yuritilmoqda. Kafedra mudiri А.R.Obloqulov Tibbiy pedagogika va OHI fakulьteti dekani lavozimiga oʼtganligi sababli 2019 yil avgust oyidan 2021 yil 10 yanvarigacha Mirzoeva M.R. kafedra mudiri vazifasida faoliyat koʼrsatgan. 2021 yil 10 yanvaridan t.f.d., professor А.R.Obloqulov Institut kengashi qaroriga muvofiq kafedra mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan.
O’quv-uslubiy ishlar
Kafedradagi amaliy mashg’ulotlar va o’quv jarayoni amaliy ko’nikmalar, o’quv materiallari va ko’rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Kafedradagi talabalar amaliy mashg’ulotlarni Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bazasida o’tishadi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
Ø Yuqumli kasalliklar;
Ø Bolalar yuqumli kasalliklari;
Ø Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi;
Ø Harbiy epidemiologiya;
Ø Epidemiologiya;
Ø Parazitologiya;
Kafedrada quyidagi yo’nalishlarning talabalari dars o’tishadi
5510100-Davolash ishi;
5510200-Pediatriya ishi;
5111000-Kasbiy ta’lim;
5510400-Stomatologiya;
5510700-Oliy hamshiralik ishi;
5510900-Tibbiy biologiya ishi;
5510300-Tibbiy profilaktika ishi.
Kafedrada «Yuqumli kasalliklar magistratura mutaxasisligi, «Yuqumli kasalliklar» va «Bolalar yuqumli kasalliklar» ordinatura yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladi. Ularga biriktirilgan professor- o’qituvchilarimiz dars o’tishadi. Magistratura rezidiyentlari va ordinatorlar o’qishdan tashqari, darsdan keyin yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida navbatchilikda turishadi.
Magistratura rezidiyentlari, ordinatorlar va bakalavriat talabalari Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazasida joylashgan laboratoriyada turli xil laborator tekshirish usullarni o’rganishadi.
Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga koʻra “Pedagogika” va “Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohalarida oʻqitiladigan yuqumli kasalliklar va epidemiologiya fani inson faoliyatini oʻrganishga taaluqli boʻlgan yangi ilmiy bilimlar, uslub va usullar orqali aholi sogʻligʻini saqlash, boshqa somatik kasalliklardan farqli oʻlaroq, mikroblar taʼsiri natijasida kelib chiqqan kasallik bemordan atrofdagi sogʻlom odamlarga ham tarqalishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, tashhisoti, davosi, profilaktikasi va reabilitatsiyasini keng qamrovda oʻrgatadi hamda boʻlgʻusi umumiy amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.
Fanning maqsad va vazifalari
Yuqumli kasalliklar boʻyicha asosiy nazariy bilimlarni oʻzlashtirish.
Yuqumli kasalliklar boʻyicha asosiy amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish.
Talabalarini yuqumli kasalliklar fanidan oʻqitish uchun qoʻllanailadigan asosiy printsiplarni oʻzlashtirish.
Fan boʻyicha talabalarning malakasiga qoʻyiladigan talablar
Eng koʻp tarkalgan yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, patologik anatomiyasi, klinikasi va laborator diagnostika prinsiplari.
Yuqumli kasalliklarni davolash va profilaktika asoslari (umumiy, shaxsiy, maxsus).
Bemor shikoyatlari, epidemiologik va klinik anamnez yigish.
Aʼzo va tizimlar boʻyicha bemorni klinik tekshirish.
Dastlabki tashhis shakllanishi uchun tayanch simptomlarini ajratgan holda asosiy anamnez maʼlumotlarni aniqlash va bemorlarni klinik tekshirish.
Bemorni laborator tekshirish natijalarini tahlil qilish.
Klinik tashhisni shakllantirish.
Davolash taktikasini belgilash.
Akademik mobillik
Kafedrada professor-oʼqituvchilar oʼrtasida akademik mobillik yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor A.R. Obloqulov bu yoʼnalish boʼyicha 2018 yilda Boshqirdiston tibbiyot universiteti, 2019 yilda Janubiy Qozogʼiston tibbiyot akademiyasi, 2019 yilda Al-Farobiy nomidagi Qozogʼiston milliy universiteti, 2021 yil M.Auezova nomidagi Janubiy Qozogʼiston universitetida maʼruzalar oʼqib, mahorat darslarini oʼtadi. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent M.R.Mirzoeva 2019 yil Boshqirdiston tibbiyot universitetida reja boʼyicha akademik mobillikni amalga oshirib, maʼruzalar oʼqib, amaliy mashgʼulotlar oʼtqazdi.
M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universitet bilan
Ilmiy - tadqiqot ishlari
Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda respublika OAK ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda 200 tadan ortiq ilmiy maqola, shu jumladan yuqori indekslangan xorijiy maqola, Scopus va Web of Science ro’yxatiga kiruvchi jurnallarda 60 dan ortiq maqolalar chop etilgan va American Journal of Medicine and Medical Sciences, America World Journal of Pharmaceutical Research, ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Indiya, Rossiya Dostijeniya nauki i obrazovaniya, Bolgariya world journal of pharmaceutical research, Shvestiya World Journal of Pharmaceutical Research va boshqalar.
Kafedraning ilmiy yo’nalishi:
- Atrof muhit, yuqumli va parazitar kasalliklarning aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish.
- Atrof muhit, yuqumli va parazitar kasalliklarning aholi salomatligiga ta’sirini o’rganishda zamonaviy tashxisot, davolash va profilaktika uslublarini tadbiq qilish.
Ilmiy yo’nalish asosida kafedra professor o’qituvchilari O’zEMYuKITI, TTA yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi va Viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazalarida ilmiy izlanishlar, jumladan kasalxona shifokorlari kafedra professor-o’qituvchilari hamkorligida ilmiy kengashda tasdiqlangan ilmiy mavzular bo’yicha izlanishlar olib borilayapti.
2020 yil aprel oyida UzRSSV, Buxoro tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, hamda Yuqumli kasalliklar bo’yicha Evro-Osiyo jamiyati hamkorligida «Yuqumli kasalliklar va parazitar kasalliklarniing tashxisi, davosi va oldini olishining zamonaviy texnologiyalari» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkillashtirildi va yuqori samarada o’tkazildi. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari respublika va xalqaro miqiyosidagi konferentsiyalar, ilmiy-amaliy seminarlar, kongresslarda, JSST tomonidan tashkil qilingan seminar va treninglarda ishtirok etishdi: COVID-19: How to put on and remove personal protective equipment Shvestariya, Clinikal Key Profilaktika i kontrol novoy koronavirusnoy infekstii (COVID-19) Shvestariya, hamda Xalqaro ishtirokdagi ilmiy-amaliy konferentsiya: VI Kongress Evro-Aziatskogo obshestva po infekstionnim boleznyam, Mejdunarodniy forum «Dni virusologii – 2020», Language and society in XXI century poly-cultural space: problems and solutions, III- Mejdunarodnaya uchebnaya onlayn konferenstiya 2020 qatnashishdi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari Tojikiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasida; Urganch, Xiva, Toshkent, Nukus, Andijon kabi shaharlarda bo’lib o’tgan konferentsiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Kafedrada xo’jalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ilmiy ishlar mavjud: “Ispolzovanie rektalnogo drenaja pri ochistki kishechnogo polosti”, “Primenenie antigelmentnogo preparata shirokogo spektora Glistotoksa”.
Kafedradagi intellektual mulk ob’ekti EHM uchun dasturlar; “Virusli infekstiyalar” Elektron darslik uchun14.02.2020 VGU00397,
“Использование электронной оценочной платформы для дифференциальной диагностики бруцеллеза” 24.06.2020 №3607
“OIV-infekstiyasi bilan zararlangan ayollardan tug’ilgan bolalarda surunkali tonzilitning davolash algoritmi” DGU2019 0644 15.05.2019
Yosh olimlаr vа tаlаbаlаr muvаffаqiyatlаri
Monografiyalar
Darsliklar
O`quv qo`llanmalari
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar institut maʼnaviyat boʼlimi tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda. Kafedra professor-oʼqituvchilar tarkibi oʼquv yili davomida talabalarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida talabalar guruxlari bilan muntazam ravishda qator maʼrifiy tadbirlar oʼtkazib kelmoqda. Davolash, tibbiy pedagogika va OHI, pediatriya, stomatologiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati va tibbiy biologiya fakulьtetlari talabalariga Prezidentimiz Mirziyoevning yosh avlodga koʼrsatayotgan yuksak eʼtibori, zamonaviy yoshlar xayotida kechayotgan ijobiy jarayonlar haqida atroflicha maʼlumot beriladi. Kafedra xodimlari talabalarni Prezidentimiz asarlari va maʼruzalari bilan toʼlaqonli tanishtirmoqdalar. Maʼlumki, davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida tashkil etish boʼyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan. Bu borada talabalar oʼrtasida targʼibot-tashviqot ishlari olib borilib, ularda yoshlarning faol ishtirok etishiga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi Oʼzbekiston yangi dunyoqarash” tamoyili asosida 1 va 2 Uygʼonish (Renessans) davrining mazmun-mohiyatini talabalar ongiga singdirish hamda 3 Renessans davrining vujudga kelganligini tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Uygʼonish va yuksalish har bir fuqaroning oʼziga bogʼliqligi, buning uchun oʼzgarishni, uygʼonishni oʼzimizdan boshlashimiz kerakligini, yuksalish uchun “Mening hissam qanday boʼladi?” degan savolni oʼzi uchun shior qilib olishi uqtirilib oʼtiladi.
Tashkiliy ishlar
Kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼtkazilgan konferentsiyalar, mahorat darslari va seminarlar soni 100 dan ortiq boʼlib, har yili chet ellarda tashkil qilinayotgan anjumanlarga qatnashib turishibdi. Kafedra xodimlari Jahon Sogʼliqni Saqlash Tashkiloti Yevropa ittifoqi boʼlimi bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda “Invaziv bakterial meningitlar tashxisotini takomillashtirish” loyihasi, “Diareya sindromi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda zamonaviy tashxisot usullari” kabi loyihalarda faol ishtirok etishgan.
Bugungi kunda kafedra xodimlari tomonidan turli mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda, “Parazitologiyaning dolzarb muammolari”, “Virusli infektsiyalarnni oʼrganishda yangi texnologiyalar” shular jumlasidandir.
2019 yil 8-9 aprel Buxoro shaxrida Yevroosiyo infektsionistlar uyushmasi bilan birgalikda “Yuqumli va parazitar kasalliklarning tashxisoti, davosi va oldini olishning zamonaviy texnologiyalari” mavzuli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya, 2020 yil 28 oktyabr «Koronavirusnaya infektsiya COVID-19: Problemы i resheniya» mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya, 2021 yil 22-23 oktyabr kunlari Boshqirdistonning Ufa shaharida “Инфекционные болезни как междисциплинарная проблема – вчера, сегодня завтра” mavzusida hamkorlikda xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferentsiyalar yuqori saviyada oʼtqazildi.
Boshqirdistonning Ufa shaharida 2021 yil 11 noyabrda hamkorlikda yuqumli kasalliklar fanidan xalqaro onlayn-olimpiada tashkil qilindi va talabalarimiz faol ishtirok etishdi.
Davolash va maslahat ishlari
Kafedra xodimlari tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlari shahar va tumanlar yuqumli kasalliklar boʼlimlarida bemorlarga amaliy maslahatlar berib kelinmoqda. Shuningdek, kafedra xodimlari Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi boʼlimlariga biriktirilgan boʼlib, ular doimo oʼz vaqtida zarur amaliy yordam koʼrsatayaptilar va sanitar aviatsiya yoʼnalishi orqali ogʼir bemorlarga maslahatlar berayaptilar.
Amaliy mashgʼulotlar davomida talabalar bilan tematik bemorlar nazorat qilinadi. Kafedra professor va dotsentlari shifoxona kafedralarida oʼtkaziladigan konsiliumlarda qatnashadilar. Shuningdek, xodimlar qabul boʼlimiga murojaat qilgan bemorlarga maslahat berishadi.
Kafedra professor-o’qituvchilarining davolash ishlari bo’yicha vazifalari
№ | FISH | Lavozim | Bo’limlar | Vazifasi |
1. | A.R. Obloqulov | Kaf. mudiri | Reanimatsiya 10-bo’lim 3-bo’lim | Maslahatchi |
2. | M.R. Mirzoeva | Dotsent | 9-bo’lim 6-bo’lim | Maslahatchi |
3. | S.G. Xudoydodova | Dotsent | 1-bo’lim 2-bo’lim 7-bo’lim | Maslahatchi |
4. | G.A. Arashova | Kata o’qituchi | 8-bo’lim 4-bo’lim 5-bo’lim | Maslahatchi |
5. | M.A. Farmonova | Assistent | 3-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
6. | A.A. Elmuradova | Assistent | 6-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
7. | Z.D. Keldiyorova | Assistent | 2-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
8. | F.X. G’aybullaev | Assistent | 4-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
9. | M.M. Ergashov | Assistent | 5-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
10. | M.R. Aslanova | Assistent | 6-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
11. | A.S. Jalilova | Assistent | 5-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |