Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi

Xamidova Dilorom Olimovna

Bo’limi boshlig’i

Bo'lim xodimlari

Alimova Nargiza Rustamovna
Yosh mutaxassislar bilan ishlash muhandisi

Buxoro davlat tibbiyot instituti marketing xizmati bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari. 

Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 28- yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48- son qaroriga asosan, institutda “Marketing xizmati” bo’limi tashkil etildi. Mazkur bo’lim tashkil etilgandan buyon institutda kadrlar tayyorlash borasida keng ko’lamli marketing tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Marketing xizmati bo’limi maqsadi: 

Ta’lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko’rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo’lg’usi mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talablarni bajarishga yo’naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg’a siljitish, rag’batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko’rsatishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish,, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Institutda kadrlar iste’molchilarining fikr-mulohazalari asosida yuqori malakali zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish maqsadida bo’lim tomonidan korxona va tashkilotlarning iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan joriy va istiqboldagi talablari va ehtiyojlari doimiy ravishda o’rganilib borilmoqda. Ushbu jarayonda tarmoq va sohalarni rivojlantirish dasturlarini hisobga olib, bakalavr va magistr kadrlarga bo’lgan parametrlarni ishlab chiqadigan viloyat hokimliklari bilan ham uzviy hamkorlik amalga oshirilmoqda. Vazirliklar, qo’mitalar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, shuningdek, viloyatlarni iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan talabini o’rganish asosida institutda mavjud va yangi ochilishi rejalashtirilayotgan yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarga “istiqbolli buyurtmalar portfeli” shakllantirilgan.

Bo’limning bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish borasidagi faoliyati. 

Bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot instituti respublikamizning ko’zga ko’ringan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasi yuqori bo’lganligi, institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tadbirlar institutda malakali, zamonaviy va bugungi kun talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlanishiga zamin yaratmoqda. Shuning uchun institutda tayyorlanayotgan kadrlarga tibbiyot sohasidagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko’plab buyurtmalar berilib, bitiruvchilarga ish joylarini topishda qiyinchilik tug’ilmaydi.

Lekin, shunga qaramay, institut tomonidan bugungi kunda mehnat bozori talab qilgan malakali umumiy amaliyot shifokorlarni, umumiy vrach stomatologlarni, tibbiy pedagoglarni, yetakchi hamshiralarni tayyorlashni yo’lga qo’yish va ular salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, kadrlar asosiy buyurtmachilari bilan mustahkam aloqalar o’rnatish, o’z kadrlarimizni ishga joylashtirish va ular mehnat faoliyatini kuzatishga alohida e’tibor qaratilgandir.

Marketing xizmati bo’limi fakultetlar, kadrlar tayyorlovchi kafedralar bilan birgalikda institut bitiruvchilarini ishga samarali taqsimlash va joylashtirish maqsadida har yili kadrlar iste’molchilari bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutda bitiruvchilarni ishga taqsimlash komissiyasi kadrlar asosiy buyurtmachilari vakillari ishtirokida tashkil etilgan, bitiruvchi kurs talabalari uchun ish beruvchi korxona va tashkilotlarning taqdimotlari o’tkazilmoqda. Shuningdek, ish beruvchi korxona va tashkilotlarga bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumotni olishda qulaylik yaratish maqsadida, bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumot institut WEB-saytiga ham joylashtirilgan.

Institut Buxoro Sog’liqni saqlash boshqarmasiga qarashli bo’lgan barcha tibbiyot muassalari bilan, jumladan, tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar, stomatologiya poliklinikalari, tibbiyot kollejlari va Navoiy tog’-kon metallurgiya kombinati va boshqa xususiy klinikalar bilan shartnomalar rasmiylashtirib kelmoqda.

Institutning ish beruvchi: tibbiyot korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda yuqorida qayd etilgan va boshqa amalga oshirayotgan chora-tadbirlari natijasida so’nggi yillar davomida bitiruvchilarning ishga joylashish ko’rsatkichlari yuqori bo’layotganligini qayd etishimiz mumkin.

Bugungi kunda institut bitiruvchilari umumiy amaliyot shifokori, vrach umumiy stomatolog, pedagog(tibbiy pedagogika yo’nalishi bo’yicha), yetakchi hamshira mutaxassisliklari bo’yicha sog’liqni saqlash tizimida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida mehnat faoliyatlarini olib bormoqda desak adashmaymiz. Sababi, institut bitiruvchilari o’z kasblarida mehnat qilib, Respublikamiz ravnaqi uchun munosib hissalarini qo’shib kelmoqda.

Bitiruvchilar monitoringi

             Buxoro davlat tibbiyot instituti 2020-2021 o’quv yillarida bitiruvchilarni ishga joylashish bo’yicha ma’lumot. Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiyot instituti tomonidan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan yillik ish va chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va shunga asosan bugungi kunda BuxDavTIda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning extiyojini o’rganish asosida bakalavriyat, magistratura yo’nalishi bo’yicha har yili monitoring o’tkaziladi unga asosan quyidagilar ma’lum bo’ldi. 2020-2021 o’quv yilda jami bakalaviriyat yo’nalishi bo’yicha jami 335 nafar bitiruvchi tamomlagan, 297 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 88,7 % tashkil etadi. Davlat grant asosida 76 nafar bitiruvchi tamomlagan, shundan ishga joуlashgan 41 nafar bitiruvchi shaxar Oilaviy poliklinikalari, shaхar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Qishloq vrachlik punktlari, Qishloq oilaviy poliklinikalari hamda tibbiyot kollejlariga ishga joylashdilar. O’qishdan keyingi faoliyatini  BuxDavTI,  TTA, ToshVMOI,  ToshPTI  oliygoxlarida magistratura va klinik ordinaturada o’qishni davom ettirayotganlar 33 nafarni tashkil etadi. Shulardan 2 nafar bitiruvchi ishga joylashish jarayonida. To’lov-kontrakt to’lov asosida jami 259 nafar bitiruvchi bo’lib, ulardan ishga joylashgan 100 nafar bitiruvchi shaxar Oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Qishloq vrachlik punktlari, Qishloq oilaviy poliklinikalari, tibbiyot kollejlari hamda xususiy tibbiyot shifoxonalariga ishga joylashdilar. O’qishdan keyingi faoliyatini BuxDavTI,  TTA, ToshPTI, TDSI,  ToshVMOI, RSHTYOIM  oliygoxlarida magistratura va klinik ordinaturada o’qishni davom ettirayotganlar 123 nafarni tashkil etadi. Turmushga chiqqan va farzandi tarbiyasi bilan shugullanayotgan bitiruvchilar 5 nafarni tashkil etadi. Shulardan 24 nafar bitiruvchilar ishga joylashish jarayonida. 2020-2021 o’quv yilda magistratura 16 ta mutaxassislik bo’yicha jami 52 nafar bitiruvchilar bitirgan, shulardan 41 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 92,3 % tashkil etadi. Davlat granti asosida 15 nafar magistratura bitiruvchilaridan 13 nafari  ishga joylashgan.  Farzand tarbiyasi bilan shugullanayotgan bitiruvchilar 2 nafarni tashkil etadi. To’lov-kontrakt to’lov asosida jami 37 nafar magistr bitiruvchi bo’lib, ulardan 35 nafari ishga joylashgan. 2 nafari bola parvarish ta’tilida.

Ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi tadbiri

2021/2022 o‘quv yili bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish beruvchilar tomonidan ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi tadbiri

          2021/2022 o‘quv yili institutning bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi talabalarning ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi 2022 yil 2 aprel kuni Buxoro shahar “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma vakillari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinika vakillari qatnashdilar. Institut bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari tadbirda ish bilan ta’minlandilar va ishga joylashish shartnomalari imzolandi.

         2021-2022 o‘quv yilida jami 651 nafar bitiruvchilar institutni bitirish arafasida. 652 nafar bitiruvchilardan 446 nafari bakalavr,68 nafari magistratura, 138 nafari klinik ordinatorlarni tashkil etadi.

         Tadbirda mehnat yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi. Buxoro va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarma vakillari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitiruvchi talabalarga  e’lon qilindi.

       Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma vakillari mehnat yarmarkasida  Navoiy viloyatidagi bitiruvchilar bilan ishga joylashish shartnomalarini imzoladilar.

Buxoro viloyati Vobkentda keng qamrovli tibbiy ko‘rik, viloyat rahbarlari qabuli hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalarining mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

        Vobkent tumanidagi “Porloq kelajak” oromgohida 2022 yil 9 aprel kuni   “Faqatgina sog‘lom xalq, barkamol millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi” shiori ostida aholi orasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, viloyat hokimi  Zaripov B.K, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari    Hamraev M.M, Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i Baxronov A.S, tumanlar tibbiyot boshqarma boshliqlari,   hamda soha bo‘yicha viloyat sektor rahbarlarining sayyor qabuli va   Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalarining mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

        Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayev va institut professor-o‘qituvchilari  faol ishtirok etdilar. Institut talabalari ham shu tadbirda ish bilan ta’minlandilar.

 

         Tadbirda Davolash ishi fakulteti 5-kurs talabalarining 25 nafari, tibbiy pedagogika fakulteti  6-kurs talabalarining 2 nafari ishga joylashish uchun hujjatlari rasmiylashtirildi.

2022/2023 o‘quv yili bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish beruvchilar tomonidan ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi tadbiri

2022/2023 o‘quv yili institutning bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi talabalarning ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi  2022 yil 26 noyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshaev, Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i  A.A.Hamroev., Buxoro shahar Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi direktori S.K.Komilov., Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.N.Sherov, viloyat va shahar tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinika vakillari qatnashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4-oktabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 561-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarning Davolash ishi, Tibbiy peadgogika, Pediatriya ishi, Tibbiy profilaktika ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga hamda magistratura va klinik ordinatura mutaxassislarining bitiruvchi kurs talabalariga o‘z yo‘nalishidagi mutaxassisligi bo‘yicha mehnat shartnomalari asosida to‘liq stavkagacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokor  hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarida ishga jalb qilish aytilgan.  

2022/2023 o‘quv yilida jami Davolash ishi yo‘nalishida 215 nafar, Pediatriya ishi yo‘nalishida 43 nafar, Tibbiy pedagogika yo‘nalishi 60 nafar, Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishida 59 nafar, jami 377 nafar bakalavr bitiruvchi, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 97 nafar, klinik ordinatura mutaxassisligi bo‘yicha 128 nafar bitiruvchi  institutni bitirish arafasida. Shulardan Buxoro viloyatidan bakalavr bitiruvchilar 254 nafar, magistratura bitiruvchilari 82 nafar, klinik ordinatura bitiruvchilari 92 nafarni tashkil etadi.

2022-2023 o‘quv yili bitiruvchilarning Buxoro viloyati bo‘yicha (shahar vatumanlar kesimida) ma’lumot

Shahar va tumanlar

Bakalavriat (davolash, tibbiy pedagogika, pediatriya, tibbiy profilaktika)

Magistratura

Klinik ordinatura

Jami

1

Buxoro shahar

85

37

28

150

2

Buxoro tumani

29

13

11

53

3

Kogon shahar

5

 

1

6

4

Kogon tumani

11

7

6

24

5

Qorovulbozor tum.

 

 

3

3

6

Romitan tumani

14

4

5

23

7

Peshku tumani

16

2

3

21

8

Vobkent tumani

26

3

9

38

9

Shofirkon tumani

17

4

7

28

10

G‘ijduvon tumani

16

4

8

28

11

Jondor tumani

17

3

4

24

12

Qorako‘l tumani

14

5

6

25

13

Olot tumani

4

 

1

5

 

Jami

254

82

92

428

Mehnat yarmarkasi tadbirida  Buxoro viloyatidagi shahar va tumanda yashovchi bitiruvchi kurs talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda  bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilar  ish bilan ta’minlandilar va ishga joylashish shartnomalari imzolandi.