Rektor

Rektor

Shuxrat Jumayevich Teshayev

Rektor

Umumiy ma'lumot

Buxoro davlat tibbiyot instituti professori tibbiyot fanlari doktori Teshaev Shuxrat Jumaevich 1993-yildan beri Buxoro davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borayapti.
Sh.J.Teshaev 2003 yilda dosent, 2015 yilda professor ilmiy unvonini olgan.
U 1996 va 2010 yillarda Rossiyaning Tver shahrida, 2005 yilda Turkiyaning Kushadasi shahrida, 2012 yilda Rossiyaning Qozon shahrida, 2014 yilda Xitoyning Urumchi shahrida, 2014, 2015 yillarda Rossiyaning Sochi, 2016 yilda Sankt-Peterburg va Petrozavodsk, 2018 yilda Astraxan shaharlarida bo‘lib o‘tgan Morfologlarning Xalqaro kongresslarida, 2018 yilda Litvaning Kaunas shahrida, 2019 yil Rossiyaning Moskva shaharlarida “Surunkali kasalliklarni magistrlik kurslarida o‘qitish texnologiyasi” bo‘yicha ERASMUS+IHOD  grant dasturi doirasida o‘tkazilgan o‘quv seminarlarida ma’ruzalar bilan qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan (Rossiyaning Astraxan shaxarida bo‘lib o‘tgan Morfologlarning Xalqaro XIV kongressida faxrli I-o‘rin).
2019 yili Xitoyning Shanxay shahri Fudan Universitetida o‘tkazilgan “Xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada va Fudan universiteti bilan  “Xalq tabobati” qo‘shma fakultetini ochish muhokamasida, 2020 yili Rossiya Federatsiyasining Naberejnie Chelni shahridagi “Polispan” korxonasi va Buxoro davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Avisenna medi” qo‘shma korxonasini ochish; Rossiya federatsiyasining Qozon davlat universiteti bilan bioximiya yo‘nalishi bo‘yicha (vrach-bioximik, vrach-genetik) qo‘shma bakalavriat yo‘nalishini ochish muhokamalarida ishtirok etgan va shu qo‘shma dasturlar va qo‘shma korxona asoschisi hisoblanadi.
2017 va 2018 yillarda Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazilgan “Tibbiyotda yangi o‘quv innovasion texnologiyalari” mavzusidagi o‘quv seminarlari va Rossiyaning tibbiyotda simulyasion o‘qitish jamiyati VI va VII s’ezdlari ishtirokchisi. Nafaqat institutda, balkim O‘zbekistonda “tibbiy o‘quv – simulyasion markazlar”ni tashkil etish asoschilaridan biri.
Bugungi kungacha Sh.J. Teshaev tomonidan 3 ta darslik (shundan 2 tasi qo‘shma darslik, 4 ta tilda: Moskva Tibbiy stomatologiya Universiteti bilan hamkorlikda), 6 ta o‘quv qo‘llanma (shundan 1 tasi qo‘shma smart – o‘quv qo‘llanma: Slovakiya respublikasi Koshise shahridagi Pavel Yozef Shafarik Universiteti bilan hamkorlikda, Yevropa tibbiyot kutubxonasida ruyxatga olingan), 2 ta elektron darslik, 3 ta monografiya, 22 ta metodik qo‘llanma, 15 ta EHM dasturiga patent va 160 dan ortiq ilmiy maqolalari (67 tasi chet elda) chop etilgan.
Sh.J. Teshaev 2009 yilda Ekologiya, inson va tabiat xavfsizligi Xalqaro fanlar akademiyasi a’zoligiga, 2016 yilda Xalqaro Morfologlar Assosiasiyasi muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zoligiga qabul qilingan. Janubiy Koreya bilan hamkorlikda chiqariladigan “Tinbo” jurnali tahririyat a’zosi.
Sh.J.Teshaev rahbarligida bugungi kungacha ilmiy izlanuvchilardan 2 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 4 nafari falsafa doktori (PhD), 1 nafari fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olishgan.
7 nafar ilmiy izlanuvchilarning ilmiy ishlariga (5ta PhD, 2ta DSc) rahbarlik qiliyapti.
4 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, 5 nafar falsafa doktori (PhD), 4 nafar fan doktori (DSc) dissertasiyalari himoyasida opponentlik qilgan.