Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor
23.09.2021 2022-12-28 15:33Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor
Niyazov Laziz Nurxonovich
Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor
Dushanba - Juma - 10:00 dan 16:00
+998 (65) 223-00-50
laziznn@mail.ru
Buxoro sh., Navoiy shoh ko'chasi , 1-uy
Umumiy ma'lumot
Niyazov Laziz Nurxonovich 2007 yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 2008-2010 yillarda magistraturada tahsil olgan. 2011-2013 yillarda Buxoro davlat universitetida katta ilmiy xodim-izlanuvchisi sifatida ilmiy faoliyatini davom ettirgan. 2013-2018 yillarda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Kimyo” kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2018-2022 yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2022-yil dekabr oyidan boshlab Buxoro davlat tibbiyot institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Prorektor vazifalari:
- Xalqaro aloqalar jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, fakultet ishlarini muvoqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
- Xalqaro konferensiyalar, simpozimlar va anjumanlarni tashkil etish, xalqaro ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarni tatbiq etish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflarni tayyorlash;
- Xorijiy iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish;
- Xalqaro bo’lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o’kazish monitoringini olib borish;
So'ngi yangiliklar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASI
- Amrillo Inoyatov, Sog‘liqni saqlash vaziri:
- Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
- Vazir “Quramax” dorilarining sotilishini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.
- Rektor Shuhrat Jumayevichning bayram tabrigi