Akusher va ginekologiya № 1 kafedrasi

Akusher va ginekologiya № 1 kafedrasi

Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Karimova Nilufar Nabijanovna
Professor
Sarkisova Lyalya Valeryevna
Dotsent
Narzulloyeva Nargiza Sayfulloyevna
Dotsent
Dustova Nigora Kahramonovna
Dotsent
Oripova Feruza Shopulatovna
Dotsent
Hikmatova Nigina Izzatullayevna
O‘qituvchi
Navruzova Nilufar Orzijonovna
O‘qituvchi
Karimova Gulrux Komilovna
O‘qituvchi
Kurbanova Zamira Shuxratovna
O‘qituvchi
Tosheva Iroda Isroilovna
O‘qituvchi
Aslanova Maxliyo Jo’raboyevna
O‘qituvchi
Kudratova Dilnoza Sharifovna
O‘qituvchi
Hafizova Dilnoza Bahodirovna
O‘qituvchi
Halimova E’zoza Mirzahidovna
O‘qituvchi

Kafedra tarixi

Kafedra 1992 yil 13 avgustda tashkil etilgan bo’lib, Buxoro shahar 2-son tug’ruqxonasi klinik baza hisoblanadi. Kafedra proffesor t.f.d. M.N.Negmatullaeva va 1992 – 2012 yilgacha kafedrada – R.А.Pulatova, Sh.S.Isomitdinov, M.R.Kurbonov, M.А.Samadova, X.Zikrillaeva, M.T.Xatamova va boshqalar faoliyat ko’rsatgan. 10 yil davomida kafedrada 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi va 2 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan, 2007 yilda 5 ta nomzodlik ilmiy ishi himoya qilindi, ayni paytda kafedrada 7 ta ilmiy izlanuvchi, , 18 nafar klinik ordinatorlar bilan ilmiy nazariy ishlar olib borilmoqda.

2013 yilning sentyabr oyidan institut rektorining buyrug’iga asosan 1-son va 2-son akusherlik va ginekologiya kafedralari birlashtirilib, kafedra mudirligiga  DSc,professor Ixtiyarova G.A. tayinlandi. 2013 уil va hozirda  kafedraning o’quv-ilmiy bazasi yanada mustahkamlandi, viloyat va tuman sog’liqni saqlash muassasalariga onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir amaliy-uslubiy yordam ko’rsatildi. 2019  yildan kafedra “Akusherlik va ginekologiya №1” deb nomlanib, kafedra mudiri sifatida DSc, professor Ixtiyarova G.A. o’z  rahbarliklarini davom ettirmoqdalar. Bu davrda kafedrada o’quv-uslubiy, ilmiy-amaliy va davolash ishlariga e’tibor kuchaytirildi. Kafedraga magistr, klinik ordinatorlar jalb qilindi. Bir qator Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazildi. Xorijiy ta’lim muassasalaridan professor-o’qituvchilar dars jarayonlariga malaka almashinuvga jalb qilindi

1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari

Hozirgi kunda kafedra mudiri G.A. Ixtiyarova. Gulchexra Akmalovna Ixtiyarova 1972 yilda Buxoro shahrida tug’ilgan. Ixtiyarova G.A. 1996 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1996 yildan 1998 yilgacha klinik ordinaturada o’qigan. 2000-2004 yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutini akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti, 2004-2013 yillarda kafedra katta o’qituvchisi bo’lib ishlagan. 2013 yil va hozirda akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri bo’lib faoliyat yuritmoqda. 2007 yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Og’ir preeklampsiya va eklampsiya kechirgan ayollarda gemodinamik o’zgarishlarni korreksiya qilish” mavzusida va 2019 yilda tibbiyot fanlari doktori (DSc) (ilmiy rahbar va maslahatchi – professor F.M. Ayupova) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.

  Kafedrada yuqori malakali o’qituvchilar ishlaydi: tibbiyot fanlari doktori, professor N.N. Karimova, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent L.V. Sarkisova, dotsent, PhD Narzulloyeva N.S., Dotsent,, PhD Do’stova N.Q., Dotsent, PhD Oripova F.Sh., o’qituvchilar Kurbanova Z.Sh., Navruzova N.O., Karimova G.K., Tosheva I.I., Aslanova M.J., Hafizova D.B., Halimova E.M., Kudratova D.Sh.

1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari va klinik ordinator va magistratura talabalari

Hozirgi vaqtda 1 –son akusherlik va ginekologiya kafedrasi allergologiya va immunologiya, klinik laboratoriya va funksional diagnostika, farmakogenetika sohasida ilg’or tadqiqotlarni olib bormoqda.

  Kafedra xodimlarining tadqiqotlari akusherlik va ginekologiya sohasida uchrovchi kasalliklarni immunitet bilan bog’liq bo’lgan va ularni klinik laborator va funksional diagnostikasi, davolash va oldini olishning yangi texnologiyalari va vositalarini yaratishga qaratilgan bo’lib, ular immunitet reaksiyasi va patogenezining molekulyar-genetik mexanizmlari haqidagi zamonaviy bilimlarga asoslangan. Kafedraning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy va o’quv markazlari bilan chambarchas bog’liq. Kafedra xodimlari milliy va xalqaro ilmiy -texnik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar.

  Kafedra xodimlari quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarda ish olib boradilar:

  • immun yallig’lanish kasalliklarining molekulyar – genetik mexanizmlarini patogenezini o’rganish, moyillik qiluvchi va erta tashxis qo’yish biomarkerlarini izlash hamda farmakoterapiyasini takomillashtirish;
  • ginekologik kasalliklarni prognoz qilish, oldini olish, kechishi va davolashini nazorat qilishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.

Bu bizga kafedra talabalari uchun o’quv dasturlarini eng zamonaviy darajada ushlab turish imkonini beradi. Kafedra xodimlari “Davolash ishi”, “Oliy hamshiralik ishi” va “Tibbiy -pedagogik ishi”, “Tibbiy profilaktika”, “Tibbiy biologiya”, “Stomatologiya” fakultetlari talabalariga “Akusherlik va ginekologiya reproduktiv tibbiyoti” va “Ginekologiya” boshqa fanlarni o’qitadilar.

  O’tgan 3 yil mobaynida kafedra xodimlari respublika, rus va xorijiy jurnallarda 250 dan ortiq maqolalar chop etishgan; 15 ta patent oldi; 5 ta darslik, 6 ta ilmiy monografiya, 20 dan ortiq o’quv -uslubiy qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar nashr etilgan. Keyingi 3 yillik davrda kafedrada 2 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Professor Ayupova F.M. rahbarligida G.A. Ixtiyarova “Turli muddatlardagi antenatal o’lim holatlarda differensiallashgan homiladorlikni to’xtatish usullari” mavzusida, N.N. Karimova “Tug’ruqda massiv qon ketgan ayollar hayot sifatini oshirishning zamonaviy yondashuvi” mavzusida doktorlik dissertatsiya ishini himoya qilishgan. N.S. Narzulloyeva “Bachadon miomasi bilan xastalangan bemorlarda taqqosiy immunokorreksiyani patogenetik asoslash” mavzusida, N.Q. Dustova “Varikoz kasalligi bo’lgan tug’uvchi ayollarda tug’ruqni olib borish va perinatal diagnostikasini optimallash” mavzusida, F.Sh. Oripova “Nospesifik vaginit rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi davolash vositalarini ishlab chiqarish (klinik-eksperimental tadqiqot)” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Asosiy nashrlar

 

  1. Ixtiyarova G.A. “Оптимизация диагностики и методы прерывания беременности в различные сроки гестации у женщин с антенатальной гибели плода” Buxoro 2019y. Monografiya.
  2. Ixtiyarova G.A., Ayupova F.M., Arsanqulova D.B., Raxmatullayeva M.M., Ashurova N.G., Matrizayeva G.J. “Aкушерство и гинекология” Buxoro 2020 y. Darslik
  3. 3. Ixtiyarova G.A., Aslonova M.J., Dustova N.K. “Прогнозирование риска развития фетоплацентарной недастаточности при синдроме ограничения роста плада” Durdona nashryoti 2021 Monografiya
  4. Ixtiyarova G.A., Oripova F.Sh., Kurbanova Z.Sh., Navruzova N.O. “Cовременный методы и диагностики и лечения неспецифического вагинита” Durdona nashryoti 2021 y. Monografiya
  5. Ixtiyarova G.A., Hafizova D.B. “Предгравидарная подготовка женўин с реародуктивнқми потерями в анамнезе” Durdona nashryoti 2021 y. Monografiya
  6. 6. Sarkisova L.V. “ Перинатальные исходы у беременных сжелезодефицитной анемией пр преждевременных родах” Durdona nashryoti 2021 Monografiya
  7. 7. Sarkisova L.V. “Akusherlik” Buxoro 2020 y. O’quv qo’llanma
  8. Ixtiyarova G.A., Dustova N.K., Aslonova M.J., Tosheva I.I. “Operativ nooperativ ginekologiya” Buxoro 2021 y. Darslik
  9. Ixtiyarova G.A., Dustova N.K. Aslonova M.J. “Reproduktiv ginekologiya” Buxoro 2021 O’quv qo’llanma
  10. Abdullayeva M.A., Ixtiyarova G.A. “Endokrin va reproduktiv tizm patafiziologiyasi” Buxoro 2020 y. Darslik
  11. Ixtiyarova G.A., Dustova N.K., Nazulloyava N.S., Karimova G.K. “Ginekologiya” Buxoro 2020 y. Darslik
  12. 1 Karimova N.N.,Ahmedov F.K. “Массивное акушерское кровотечение”, Buxoro 2019y. Monografiya.
  13. 1 Sarkisova L.V. “Гемодинамические показатели у беременных с преэклампсией”. Buxoro 2019y. Monografiya.
  14. 1 Narzullaeva N.S., Ihtiyarova G.A., Abdurahmonov M.M. “Эффективность иммунокорригирующей терапии у женщин с миомой матки”. Buxoro 2019y. Меtodik qo’llanma.
  15. 1 Ikhtiyarova G.A., Rahmatullaeva M.M. “Ginekologiyada gormonal terapiya” Buxoro 2019y. O’quv qo’llanma.
  16. 1 Ikhtiyarova G.A.,Matriyazova G.J., Ismatova M.I. “Ginekologiyada hamshiralik ishi ” 2019 y. O’quv kullanma.
  17. 1 Ikhtiyarova G.A., Ashurova N.G., Aslonova M.J. “Akusherlik va ginekologiya ”. Buxoro 2019y. O’quv qo’llanma.
  18. 1 Do’stova N.K., Babajonova G.S., Ihtiyarova G.A. “Алгоритм ведения беременных женщин с хронической венозной недостаточностью”. Buxoro 2019 y. Metodik qo’llanma.
  19. Ixtiyarova G.A., Ayupova F.M., Arsanqulova D.B., Raxmatullayeva M.M., Ashurova N.G., Matrizayeva G.J. “Akusherlik va ginekologiya” Buxoro 2020 y. Darslik

Grantlar

  1. “Sog’lom turmush tarzi “.

  Loyiha rahbari: DSc, Ixtiyarova G.A.

   O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Buxoro viloyati tashkiloti Vobkent tumani Buyruq №37-2020 yil 26.02.-amaliy tadqiqotlar

  1. “Homilador ayolda endotelial tizimning ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda homila yo’qotish sindromini rivojlanish xavfini erta tashxislashni ishlab chiqish”

Loyiha rahbari: Mavlyanova N.N.

Mualliflar:

  1. Mavlyanova N.N.
  2. Fayziraxmonova M.M
  3. Ixtiyarova G.A.
  4. Xudoyorova D.R.
  5. Eltazarovna G.Sh.
  6. Yusupova N.T.
  7. Aslonova M.J.
  8. Dustova N.K.
  9. “Homilaning o’sishi cheklanish sindromini rivojlanish xavfini bashoratlash usuli”

Loyiha rahbari: Mavlyanova N.N.

Mualliflar:

  1. Mavlyanova N.N.
  2. Ixtiyarova G.A.
  3. Aslonova M.J.

Mirzaxodjayeva D.B.

1- SON AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA KAFEDRASINING ILMIY TADQIQOT ISHLARI

Talabalarni o’qitish BuxDTI 1 –son akusherlik va ginekologiya  kafedrasining homiladorlar patologiyasi bo’limida homilador ayolning yotog’idagi klinik holatlarni tahlil qilish bilan olib boriladi.

Kafedrada “Akusherlik va ginekologiya” yo’nalishida o’quv dasturi bo’yicha magistrlarni tayyorlash amalga oshiriladi. “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlarga ta’lim beriladi.

Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy ishda ishtirok etish shakllari talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig’ilishlarini, turli talabalar konferensiyalarida qatnashishini, shuningdek, talabalar ishining Respublika tanlovlarida qatnashishni o’z ichiga oladi.

Professor o’qituvchilar tarkibi BDTI 1-son akusherlik va ginekologiya kafedrasining shahar tug’ruq kompleksidagi bo’limlarda bemorlar ko’rigida faol ishtirok etmoqda.