Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari
29.12.2021 2022-04-11 13:18Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari
Talabalarni o’qitish BuxDTI 1 –son akusherlik va ginekologiya kafedrasining homiladorlar patologiyasi bo’limida homilador ayolning yotog’idagi klinik holatlarni tahlil qilish bilan olib boriladi.
Kafedrada “Akusherlik va ginekologiya” yo’nalishida o’quv dasturi bo’yicha magistrlarni tayyorlash amalga oshiriladi. “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlarga ta’lim beriladi.
Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy ishda ishtirok etish shakllari talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig’ilishlarini, turli talabalar konferensiyalarida qatnashishini, shuningdek, talabalar ishining Respublika tanlovlarida qatnashishni o’z ichiga oladi.