Kafedra tarixi

Kafedra 1992 yil 13 avgustda tashkil etilgan bo’lib, Buxoro shahar 2-son tug’ruqxonasi klinik baza hisoblanadi. Kafedra proffesor t.f.d. M.N.Negmatullaeva va 1992 – 2012 yilgacha kafedrada – R.А.Pulatova, Sh.S.Isomitdinov, M.R.Kurbonov, M.А.Samadova, X.Zikrillaeva, M.T.Xatamova va boshqalar faoliyat ko’rsatgan. 10 yil davomida kafedrada 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi va 2 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan, 2007 yilda 5 ta nomzodlik ilmiy ishi himoya qilindi, ayni paytda kafedrada 7 ta ilmiy izlanuvchi, , 18 nafar klinik ordinatorlar bilan ilmiy nazariy ishlar olib borilmoqda.

2013 yilning sentyabr oyidan institut rektorining buyrug’iga asosan 1-son va 2-son akusherlik va ginekologiya kafedralari birlashtirilib, kafedra mudirligiga  DSc,professor Ixtiyarova G.A. tayinlandi. 2013 уil va hozirda  kafedraning o’quv-ilmiy bazasi yanada mustahkamlandi, viloyat va tuman sog’liqni saqlash muassasalariga onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir amaliy-uslubiy yordam ko’rsatildi. 2019  yildan kafedra “Akusherlik va ginekologiya №1” deb nomlanib, kafedra mudiri sifatida DSc, professor Ixtiyarova G.A. o’z  rahbarliklarini davom ettirmoqdalar. Bu davrda kafedrada o’quv-uslubiy, ilmiy-amaliy va davolash ishlariga e’tibor kuchaytirildi. Kafedraga magistr, klinik ordinatorlar jalb qilindi. Bir qator Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazildi. Xorijiy ta’lim muassasalaridan professor-o’qituvchilar dars jarayonlariga malaka almashinuvga jalb qilindi.