Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Kafedra mudiri 

Kafedra xodimlari

Kafedra tarixi:

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti rektorining 1990 yil 30 oktabr oyi № 4, § 7 buyrug’iga asosan Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi Buxoro viloyat sanitariya epidemiologiya nazorat markazining bakteriologik laboratoriyasi qoshida tashkil etilgan va jihozlangan. 1990-1991 yillarda kafedrani b.f.n., Homidova S. H. boshqargan.

Kafedrada 2 nafar, fan nomzodi 2 nafar assistent faoliyat olib borgan. 1991-2009 yillarda kafedrani v.f.d., professor Kamolov Muzafar Baqoyevich boshqargan. 1997 yilda institut rektori buyrugiga asosan epidemiologiya kursi mikrobiologiya kafedrasi bilan qo‘shilib, kafedra «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya va epidemiologiya» kafedrasi deb nomlangan. 2004 yil 26 iyundan boshlab kafedra shahar DSENM binosining birinchi qavatiga ko’chirildi. Kafedrada 1 nafar professor, 3 nafar fan nomzodi, 2 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat olib borishgan. 1998 yilda Mansurova Malika Hasanovna, Toshkentdagi EMYUKTIda (14.00.30) Epidemiologiya ixtisosligi bo‘yicha “Эпидемиологические особенности свинного вида бруцеллеза” mavzusida, 2006 yilda Atoyeva Mashxura Abrorovna “Современная эпидемическая ситуация по брушному тифу” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilishgan. B.f.n., nomzodi Homidova Saodat Hikmatovna “Yiringli yalig‘lanishni keltirib chiqaruvchi qo‘zg‘atuvchilari streptokokk va stafilakokklarning mikrobiologik tashhisi”, v.f.d. professor Kamolov M.B “Virusli gepatitlarning etiologiyasi va ularning laboratoriya tashhisoti”, t.f.n., katta o‘qituvchi Mansurova M.H “O‘ta havfli yuqumli infeksiya qo‘zg‘atuvchilariga xarakteristika” , “Antigen va antitelolar serologik reaksiyalar”, t.f.n., katta o‘qituvchi Atoyeva Mashxura Abrorovna “Immunoprofilaktika asoslari” nomli uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.

2009-2012 o‘quv yillarida kafedrani t.f.n., dotsent M.H. Mansurova boshqargan.Kafedrada 4 nafar dotsent 1 nafar v.f.n., katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent faoliyat olib borgan. O’tgan yillarda bir qancha uslubiy qo‘llanmalar professor o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan.

Jumladan, t.f.n., dotsent M.H. Mansurova tomonidan “Havo tomchi infeksiyalari: pnevmakokk, meningokokk, klebsiyella, legionellalarga xarakteristika, ular keltirib chiqargan kasalliklarni laboratoriyaviy tashxisi”, “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash uchun interaktiv ish o‘yinlari”, v.f.n., katta o‘qituvchisi G.U.Sagdullayeva tomonidan “Общая вирусология, культивирование вирусов и фаги” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.

2012-2018 yillarda t.f.n., katta ilmiy xodim Sulemanov Suleyman Fayzullayevich Kafedrani boshqargan. 2014 yildan institut ilmiy kengashi va institut rektori buyrug’iga asosan «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya” kafedrasi tarkibiga ftiziatriya kursi qo‘shilib kafedra “ mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya va ftiziatriya “ kafedrasi deb nomlandi.

Kafedrada 4ta dotsent, 2 nafar fan nomzodi katta o‘qituvchi va 2ta assitent faoliyat olib borishgan.T.f.n., dotsent Mansurova M.H tomonidan “Дезинфекция, дезинсекция, дератизация ва стерилизация”, ”Зоонозные инфекции микробиологическая диагностика чумы и туляремии”, v.f.n., katta o‘qituvchi G.U. Sagdullayeva va t.f.n., dotsent M.H. Mansurova tomonidan “Влияние факторов окружаюшей среды на микроорганизмы” kafedra dotsentlari Suleymanov S.F,Homidova S.H va dotsent Aliyev Sh.R lar hamkorligida “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari” o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan.2018-2019 yillarda kafedrani v.f.n.,katta o‘qituvchi Sagdullayeva Gulandom Ulyanovna boshqargan. Kafedrada 4 nafar dotsent 1 nafar v.f.n., katta o‘qituvchi, 1 nafar assistent faoliyat olib borgan.

2019 yildan boshlab kafedraga f.f.n., dotsent Ergashev Vali Alimovich rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, professor, 4 nafar dotsent va 3 nafar assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu davrda SESning shahar markazidagi eski binosi to‘liq ta’mirlanib, boshqarma yangi binoga ko‘chirildi.

2020 yil 21 oktabr kafedraning yangi o‘quv binosining ochilishi.

T.f.d., professor Nuraliyev N.A. Isroil Davlati Ibn Sino fondining oltin medali bilan taqdirlanmoqda.

Kafedra professor o‘qituvchilaridan: t.f.d. professor Nuraliyev N.A va Jumayeva Sh.B lar tomonidan “Tibbiyot parazitologiyasi” o‘quv qo’llanma, t.f.d., professor Nuraliyev N.A., va t.f.d., Suvonov Q.J tomonidan “Bakterial translokatsiya:

mikrobiologik jihatlari”, t.f.d., professor Nuraliyev N.A., va PhD, Almatov B. I tomonidan “Водохранилища особенности химического состава воды, микробиологические и гидробиологические аспекты”, kafedra mudiri PhD, dotsent Ergashev V.A tomonidan “ O‘tkir va surunkali osteomiyelitlar shakllanishi mikrobiologik jihatlari”, t.f.n., dotsent Mansurova M. X va v.f.n., katta o‘qituvchi Sagdullayeva G.U tomonidan “Bursellez”, “Listerioz” mavzularida monagrafiyalar, b.f.n., dotsent Homidova S.H tomonidan” Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya”, ”xususiy mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya”, “Tibbiyot virusologiyasi”, t.f.n., Mansurova M.X. va v.f.n., katta o‘qituvchi Sagdullayeva G .U tomonidan “Obshaya mikrobiologiya”, dan o‘quv qo‘llanmalar, Homidova S.H, Mustafoyeva F.A va Elmurodova “Virusli gepatitlarning etiologiyasi, laboratoriyaviy tashhisi va profilaktikasi”, ”Korona virus” Odam Immun tanqisligi virusiga tavsif va kasallikning laboratoriya tashxisi” mavzularida uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.

Turkiya respublikasining sog‘liq bilimlari universiteti mikrobiologiya kafedrasi doktori Kaya Aysun tashrifi.

Kafedra Turkiya respublikasining sog‘liq bilimlari universiteti mikrobiologiya kafedrasi, Rossiya davlati Ryazan Davlat tibbiyot unversiteti “mikrobiologiya va virusologiya” va “ftiziatriya va nur diagnostikasi” kafedralari, Qozog’iston davlati S.D. Asfandiyarov nomidagi milliy tibbiyot unversiteti “mikrobiologiya va virusologiya”, “immunologiya” Qarag‘anda tibbiyot universiteti“ ftiziatriya kafedralari,

Tojikiston davlat tibbiyot universiteti “mikrobiologiya va virusologiya”, “immunologiya” kafedralari bilan, Astana tibbiyot universitetilari bilan halqaro aloqalar yo’lga qo’yilib akademik mobillik dasturi bo‘yicha hamkorlik qilinmoqda. Kafedra professor olimlari tomonidan bugungi kunga qadar 800 dan ortiq nufuzli, mahaliy hamda xorijiy jurnallarda maqolalar va tezislar chop etilgan shuningdek xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etilgan. Kafedra professor o‘qituvchilari rahbarligida, Ibn sino nomli shuningdek bir qancha davlat stependiantlari tayyorlangan. Ushbu yillar davomida Respublika miqyosida mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan o‘tkazilgan fan olimpidalarida 11 nafar talaba sovrindor bo‘lgan. T.f.n., dotsent Suleymanov S.F Avstriya davlatining “Premier”, Rossiyaning “Problemi nauki” nashriyotlarining a’zosi bo‘lib hisoblanadi.

Kafedra bugungi kunda o‘zining alohida o‘quv binosiga ega bo‘lib, 8ta o‘quv xonasi va bitta laboratoriyaga ega. Laboratoriya bugungi kunda zamon talabidan kelib chiqilgan holda jihozlangan ushbu laboratoriyada ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun barcha sharoitlar mavjud.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot unversitetiga, kafedra professor – o‘qituvchilari tashrifi.

Kafedra professor o‘qituvchilari kafedra yig‘ilishida. Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor o‘qituvchilardan kafedra mudiri PhD, dotsent Ergashev V.A tomonidan 00.03.04 mikrobiologiya va virusolgiya ixtisosligi bo‘yicha “Tajribaviy tadqiqotlarda o‘tkir va surunkali osteomiyelitlar rivojlanishi erta istiqbolining mikrobiologik jihatlariga zamonaviy qarashlar” mavzusida tibbiyot fanlari doktori (DSc), kafedra assistenti Nazarov J-S.E tomonidan 00.03.04 mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi bo‘yicha “Ochiq suv havzalaridan foydalanilishiga qarab ular suvi sifatini baholashda mikrobiologik, gidrobiologik va parazitologik ko‘rsatkichlar ahamiyatini ilmiy asoslash ” mavzusida tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun mustaqil tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan bir qancha EHM dasturlariga patentlar olingan Kafedra professor–o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek, rus,ingliz tillarida xorijiy va mahalliy talabalarga dars o‘tilmoqda.

Ta’ribiy va metodik ishlar

«Хususiy mikrobiologiya, virusologiya, imugnologiya (аmaliy qo’llanma)» Учебное пособие. Хоmidova S.Х., Мustafoeva F.А.

«Tibbiy   protozoologiya» QO’LLANMA. Nuraliyev N.А., Jumaeva SH.B.

«Руководство по практическим занятиям по микробиологии, вирусологии и иммунологии»  Мasurova М.Х; QO’LLANM., Sagdullaeva G.U.

«Вирусные гепатиты» QO’LLANMA; Аbdullaeva М.А., Suleymanov S.F., Nazarov J.-С.Э.

«Tibbiyot  virusologiyasi»QO’LLANMA. Хomidova S.Х.

«Umumiy mikrobiologiya» QO’LLANMA. Ergashev V.А., Sulaymanov S.F.

«Эпидемиологические особенности листериоза» Моnografiya. Sagdullaeva G.U., Mansurova М.Х.

«Водохранилища: особенности химического состава воды, микробиологические аспекты» Моnografiya. Nuraliev N.А., Аlmatov B.I.

«O’tkir va surinkali оsteomielitlar shakillanishining  mikrobiologik  jihatlari» Monografiya. Ergashev  V.А. 

Ilmiy tadqiqotlar

Kafedraning ilmiy yo’nalishi opportunistik mikroorganizmlarning mikrobiologik xususiyatlarini o’rganishdir. Kafedra xodimlari tibbiyot va biologiya fanlari sohasida ham ilmiy izlanishlar olib boradilar, xususan:

Ergashev V.A. «Tajribaviy tadqiqotlarda o’tkir hamda surunkali osteomielitlar rivojlanishi, asoratlari erta istiqbolining immunologic va mikrobiologik jihatlariga zamonaviy qarashlar»

Nazarov S. E. «Ochiq suv havzalaridan foydalanilishiga qarab ular suvi sifatini baholashda mikrobiologik, gidrobiologik va parazitologik ko’rsatkichlar ahamiyatini ilmiy asoslash»

Mustafoeva F.A. «Ayollarda kichik chanoq a’zolari yalliglanish kasalliklarida immun statusni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv»

Olimova N.I. «OIV bilan kasallangan ayollarda jinsiy a’zolarning yallig’lanish kasalliklarining klinik va immunologik xususiyatlari»