Kafedra tarixi
16.12.2021 2021-12-16 17:42Kafedra tarixi
Kafedra Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I.Mo`minov tomonidan chiqarilgan 1990-yilning 30
– oktabrdagi № 4/7-sonli buyruq asosida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, Samarqand Veterinariya
ilmiy tekshirish institutida ishlab kelgan professor biologiya fanlari doktori Boymurodov Toyir Boymurodovich kafedra mudiri etib tayinlangan.
Boymurodov Toyir Boymurodovich
Kafedra o`z faoliyatini 1991-1993o`quv yilining 2-sentabridan quyidagi tarkib bilan boshladi:
T.B.Boymurodov- professor, biologiya fanlari doktori-kafedra mudiri. I.R.Malikov-biologiya fanlari nomzodi-kafedra assistenti.
I.Sh.Sodiqov-biologiya fanlari nomzodi-kafedra assistenti. R.O.Xamroyev-kafedra assistenti.
1994-yilda kafedra mudiri etib, biologiya fanlari nomzodi katta o`qituvchi G`anijon Bobojonovich Ochilov tayinlandi.
b.f.,n, dotsent G`anijon Bobojonovich Ochilov
1994-1998-yillarda kafedrani kafedra mudiri sifatida biologiya fanlari nomzodi G.B. Ochilov boshqardi.
1998-yilda institute kafedra mudiri sifatida b.f.n A.N.Zulfiqorov faoliyatni davom ettirdi.
2005-yilda Tibbiy biologiya kafedrasi Gistologiya kafedrasi bilan birlashtirilib, kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi dosent R.D.Davronov tayinlandi.
2013-2016-yillarda “Gistologiya va tibbiy biologiya” kafedrasi mudiri sifatida, tibbiyot fanlar doktori, professor B.A.Hidoyatov faoliyatni davom ettirdi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor B.A. Hidoyatov
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent R.D.Davronov
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.N.Zulfiqorov
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent O.I.Jabborova
2019-yil iyun oyidan “Tibbiy biologiya va Gistologiya“ kafedrasiga biologiya fanlari nomzodi, dosent Jabborova Oysha Iskandarova kafedra mudiri etib tayinlandi.
2019-yil oktabr oyida kafedra ikkiga ajralishi munosabati bilan “Tibbiy biologiya” kafedrasini iste’dodli olima, biologiya fanlari nomzodi, dosent Jabborova Oysha Iskandarovna kafedra mudiri sifatida faoliyatini davom ettirdi.
Hozirgi kunda kafedra tarkibi quyidagi xodimlardan iborat: Kafedra mudiri b.f.n, dosent Oysha Iskandarovna Jabborova
Kafedra dotsentlari: b.f.n. Abdurahim Naimovich Zulfiqorov, b.f.n. Mamlakat Ismailovna Mustafayevalar;
Katta o`qituvchi: v.f.n. Gulandom Ulyanovna Sagdullayeva;
Kafedra assistentlari: PhD Rashit Raximovich Raxmonov, Nasiba Ismailovna Xudoyqulova hamda Shoista Boltaevna Jumayevalar faoliyat yuritib kelmoqdalar.