Xalqaro hamkorlik bo’limi

Xalqaro hamkorlik bo’limi

Voxidova Olima Gafurovna

Bo'lim boshlig'i

Bo'lim xodimlari

Ostonova Sanam Negmatovna
Bosh mutaxassis
Sharipova Roxat Atoyevna
Bosh mutaxassis

Bo'lim faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.

Bo'lim vazifalari

Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan universitetning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.

Universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda , Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga hisobot kiritish.

Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.

Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixona va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining so‘rovlariga asosan xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan chet el valyutasi tushumlari bo‘yicha oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarni tayyorlash;

Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish.

E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish.

Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, forumlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.

Xalqaro bo'lim nizomi

Hisobot

ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI “XALQARO ALOQALAR” 2023-YIL 1 YILLIK HISOBOTI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash hamda respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish va real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek, oliy tibbiy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni, strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish maqsadida  Buxoro davlat tibbiyot institutida 2023-yilning yanvar-oktabr oylari davomida olib borilgan ishlar:

Batafsil ma’lumotni ko’rish 👈🏻👈🏻👈🏻👈🏻👈🏻