Ichki kasalliklar propedevtikasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi

Nurboyev Farmon Ergashovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Babadjanova Zamira Hikmatovna
dotsent
Narziyev Shamsidin Saypilloyevich
DOTSENT
Aslonova Ibodat Jabborovna
dotsent
Hazratov O’tkir Haydarovich
dotsent
Tuxtayeva Xafiza Xikmatovna
assistent
Hodjiyeva Gulira'no Sayfullayevna
assistent
Tosheva Hakima Bekmurodovna
assistent
Khalilova Feruza Abdujalolovna
assistent
Ashurova Nodira Gafurovna
assistent
Halimova Dilrabo Jalilovna
assistent
Xodiyeva Ozoda Ibragimovna
assistent
Hotamova Rayhon Sulaymonovna
assistent
Qodirova Nargizaxon Umarovna
assistent
Omonov Olimjon Yunus o'g'li.
assistent
Ikromova Shaxnoza Abdurasulovna
assistent

Kafedra tarixi

Kafedra 1991 yil institut rektori Axmedov R.M. buyrug’iga asosan 1991 yil dotsent I.U.Uzoqov rahbarligida Buxoro viloyat 1-son kasalxonasida revmatologiya va pul`monologiya bo’limi bazasida tashkil qilindi. 1992 yilda kafedra Buxoro shaxar kasalxonasiga ko’chirildi va  1- va 2 – terapiya bo’limida faoliyat ko’rsatdi. Qisqa vaqt ichida I.U.Uzoqov rahbarligida kafedraning faol qismi shakllandi, o’quv jarayonini asosi yo’lga qo’yildi. 1994 yil kafedrani t.f.n., O.YU.Abdullaeva boshqardi va o’sha yili Buxoro to’qimachilik kombinati sanitariya qismiga ko’chirildi.  1993-1994 yillar Nurboyev F.E.  kafedra assistenti, 1997-2000 yillar kafedra  katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritganlar.

Orziyev Zavqiddin Mansurovich t.f.d. Prof. 1997-2018 yillar.

Babadjanova Zamira Xikmatovna tibbiyot fanlari doktori (DSc) 2018-2021 yillar

Nurbayev Farmon Ergashovich tibbiyot fanlari doktori (DSc)  2021-yil sentyabrdan va hozirga qadar Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

1997 yildan 2018 yilgacha t.f.d. prof. Z.M. Orziev kafedrani boshqarib keldi. 2015 yilda kafedra tarkibiga klinik farmakologiya fani biriktirilganligi sababli kafedra nomi “Ichki kasalliklar propedevtika, klinik farmakologiya va OXI” deb o’zgartirildi.  Hozirgacha kafedra Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida klinik baza sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.  

Professor Z.M. Orziev rahbarligida kafedra xodimlari hazm va nafas tizimi kasalliklarini patogenezi, diagnostikasi va davolash usullarini o’rganildi. Bu muammolar bo’yicha 2 ta nomzodlik (O’.H.Hazratov, I.J. Aslonova)   1ta  doktorlik  dissertatsiyasi (Z.M. Orziev) himoya qilindi. Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida “Ichki kasalliklar propedevtikasi”, “Terapevtik bemorlarni parvarish qilish”, “Terapiya”, “Bioetika, “Xamshiralik ishi”, “Terapiyada hamshiralik ishi”, “Ichki kasalliklar” kabi fanlar o’tiladi.

2018 yili 14 yanvar kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  A.SH.Inoyatov binoan  kafedra mudiri etib t.f.n. dots. Zamira Xikmatovna Babadjanova tayinlandi. Babadjanova Z.X. Mutaxassisligi nevrolog, oliy toifali. 1998 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining davolash fakul`tetiga o’qishga kirib, 2005 yilda shu institutini tugatdi. 2005-2007 yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti nevrologiya  kafedrasida klinik ordinaturani tugatdi. 2008-2011 yillar aspiranturada tahsil oldi. 2012 yilda “Болезни нервной системы в структуре обращаемости  в  учреждениях первичной медико санитарной помощи и их рациональный менеджмент” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2015-yil,  Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot klinikasi  Pulmonologiya bo’limida Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra a’zolari bilan birgalikdagi surat

2020 –yil ,  Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot klinikasi Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra a’zolari bilan birgalikdagi surat

Ilmiy yo'nalishi

Nafas olish a’zolari, yurak qon-tomir, hazm va boshqa ichki a’zolari kasalliklarining dastlabki bosqichlarida tashxis qo’yish, davolash va profilaktikasi haqida fundamental bilimlarni Talabalarga  tanishtirishdir.

Kafedra erishgan yutuqlari

Kafedra mustaqil izlanuvchisi Yuldasheva D.X. “Gastroezofagial reflyuks kasalligi klinik endoskopik manzarasi va terapiyasini reflyuksat muxiti turiga aloqadorligi” mavzusida 2019 yil 25 aprelda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shuningdek,  Yuldasheva D.X. 2018 yil 9 noyabrda respublika miqiyosida o’tkazilgan “Eng yaxshi pedagog” tanlovida faxrli 2-o’rinni egalladi.

Kafedra mudiri Babadjanova Z.X. va assistent Musaeva R.X. 2018 yil avgust oyida Turkiyaning Ankara shahrida Sog’liq bilimlar universitetida 1 oy davomida malaka oshirib sertifikatga ega bo’ldi. 25 nafar talabalar yozgi amaliyotini Ankara shahridagi Sog’liq bilimlar universitetida o’tdi. Talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.  

2019 yil aprel oyida kafedra mudiri Z.X.Babadjanova, kafedra dotsenti Xamidova Z.N. va assistent Xalimova D.J.  Qozog’iston Respublikasining Astana tibbiyot universitetida akademik mobillik bo’yicha  talabalarga master klass darslar berishd. 2019 yil noyabr oyida kafedra mudiri Babadjanova Z.X. va assistent Xalimova D.J. Qozog’iston Respublikasi Alma–Ata shahrida 4- kurs 6 nafar talabalari bilan xalqaro forumda qatnashib, faxrli 1-o’rinni egalladilar.

2018 yil aprel oyida kafedra mudiri Z.X.Babadjanova va assistent Erkinova N.E.lar Tojikiston respublikasining Dushanbe shahrida o’tkazilgan tibbiyot institutining ilmiy amaliy anjumanda ishtirok etdilar.

Kafedrada Babadjanova Z.X. “Birlamchi tibbiy buginda axoliga nevrologik yordam ko’rsatish kontseptsiyasini ishlab chiqish” mavzusida Gafurov B.G., Babadjanov A.S.lar raxbarligida; Tosheva X.B. “Surunkali yurak yetishmovchiligi kamkonlik bilan kechganda kompleks davolash negizida buyrak fibroz markerlarining dinamikasi”; Erkinova N.E. “Surunkali yurak yetishmovchiligida buyrakdagi funktsional-fibroz uzgarishlar bilan aldosteron va albuminuriyani kompleks muolajalar negizida uzaro ta’siri”; Xalilova F.A. “Kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak yetishmovchiligida yurak xamda buyrakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga antianimik davo samaradorligi ” mavzusida prof. T.f.d. Gadaev A.G. raxbarligida ilmiy ish olib borishyapti.

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi konsulligi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Ingliz tili o’qitish vositasi sifatida” EMI (ingliz tilini o`qitish vositasi sifatida) loyihasida kafedra assistenti Musayeva R.X. ishtirok etib NILE institute sertifikatlari bilan taqdirlandi.

2018-yil kafedra a’zolari Anqarada, Turkiya.

  2019-yil Qozog’iston.Astanada kafedra hodimlaridan master klass

2019 yil kafedra assistenti R.X.Musaeva O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgarmasi sovrindori. Janubiy Koreyaga malaka oshirishga grant yutib olgan.

2021-2022 yil kafedra assistenti R.X.Musaeva AQSh davlat Fulbright Exchange Programm  Hubert H Humfrey dasturi granti bo`yicha Virginia Commonwealth University da malaka oshirib keldi.

Navigatsiya