Ingliz tili kafedrasi
17.12.2021 2022-09-17 15:04Ingliz tili kafedrasi
Davlatova Muhayyo Hasanovna
Kafedra mudiri
Kafedra xodimlari
Professor
dotsent
o'qituvchi
o'qituvchi
o'qituvchi
o'qituvchi
o'qituvchi
o'qituvchi
o'qituvchi
o'qituvchi
o'qituvchi
Kafedra tarixi
Ingliz tili kafedrasi 1990-yil 30 oktyabrda institut rektorining № 4\7-sonli buyrug‘iga binoan tashkil etilgan bo‘lib, dastlab “Tillar” kafedrasi negizida o‘z faoliyatini boshlagan. 1991-2009 yillarda “Tillar” kafedrasini f.f.n, dotsent Yozil Hamroyevich Hamroyev boshqardi.
1997 yildan f.f.n, dotsent Hikmatova M.N. “O‘zbek, rus tillari, pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri etib tayinlangan.
2014-yilda kafedra mudiri etib f.f.d, professor Shodmonov Q.B. tayinlandi. Shodmonov Q. B. 1983 yilda dotsent, 2010 yilda professor ilmiy unvoniga ega bo’lgan. Falsafa fanlari doktori, professor Qurbon Shodmonov Rossiya va Qozog‘iston Fanlar Akademiyasi Falsafa Jamiyati a’zosi, Xalqaro Antik Dunyo ilmiy Akademiyaning akademigi. 2021- yildan hozirgi kunga qadar f.f.doktori PhD Davlatova M.H. tayinlandi. Davlatova M.H 2021 yilda f.f.doktori PhD ilmiy unvoniga ega bo’lgan.
Kafedra faoliyati davomida quyidagi xodimlar faol va samarali ishladilar: kafedrada professor-o’qituvchilardan Hakimova M.A., Aliyeva Z.A., Jabborova G.M., Hayitov Z.H., Aliyeva R.R., Rajabova D.R., S.S.Djumayeva, G’.E.Shomurodov, D.A.Abdullayeva, V.F.Nurullayev, Sh.Z.Tolipov, A.A.Xonov, G.N.Qurbonova, R.B.G’afurova, Z.S.Baxranova, K.Yo.Baxranova, S.S.Murodova, S.Daminov, R.M.Salixovalar faoliyat yuritishgan.
f.f.n, dotsent Yozil Hamroyevich Hamroyev (1991-2009 yillar)
f.f.n, dotsent Hikmatova Muqaddas Nurullayevna (1997-2014 yillar)
f.f.d, professor Shodmonov Qurbon Badriddinovich (2014- 2021 yillar)
f.f.doktori (PhD) Davlatova Muhayyo Hasanovna (2021 y- hozir kunga qadar)
Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil etilgan birinchi kundanoq morfologik kafedralar o’quv amaliyoti jarayoniga va ilmiy ishlar faoliyatini chuqurlashtirishga e’tibor qaratilgan. Tabiiyki, birinchi navbatda morfologik fanlar kafedrasi yaratildi, bunda respublikamizdagi tibbiyot institutlaridan oliy toifali mutaxassislar jalb qilingan. Ushbu kafedralarda o’quv jarayonini to’liq o’tkazish uchun o’quv xonalari zarur jihozlar va ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlandi. Bular o’z navbatida yillar davomida yangilanib borib, har bir o’quv planshetlar, elektron doskalar va jadvallar taqdim etildi.
Ma`naviy – ma`rifiy ishlar
Kafedrada oʼquv yili davomida talaba-yoshlarni odobli, bilimli boʼlishlariga, ularning ongini oʼstirish, insoniylik qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni toʼgʼri yoʼlga boshlash, fuqarolik burchlarini tushuntirish, oʼz huquqini bilishi, maʼnaviy yetuk inson boʼlib yetishishi maqsadida ular bilan muntazam ravishda darslar va darsdan tashkari vaqtida suhbatlar olib boriladi. Mamlakatimizdagi, xorijdagi, qolaversa, institutdagi hafta yangiliklaridan, prezidentimiz qaror va farmonlaridan xabardor qilinadi.
Ingliz tili kafedrasi professor-o'qituvchilari
Kafedra professor-o’qituvchilari Talabalar turar joyida MBBS talabalari bilan birgalikda ajoyib tadbir uyushtirdilar
Mir Alisher Navoiy hazratlarining tavallud kunlari munosabati bilan kafedra professor-o’qituvchilari Prezident maktabida tadbir uyushtirdilar
Kafedra hodimlari yangi kampusdagi hasharda
Ingliz tili kafedrasi professor-o’qituvchilari velomarafonda
O`quv – uslubiy ishlar
Kafedrada davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati, Pediatriya yo`nalishlarining I va II kurs talabalari uchun Lotin tili va tibbiy terminologiya va tibbiyotda xorijiy til ; davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, xalq tabobati, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, Pediatriya yo`nalishlarining II, kurs talabalari uchun tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliy mashg`ulotlar olib boriladi. Bundan tashqari, boshqa oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda ochilgan qo`shma ta`lim dasturlari, chet el talabalari o`qiydigan General medicine, MBBS yo`nalishlariga ham Lotin tili va tibbiy terminologiya va tibbiyotda xorijiy til fanlari o`tilmoqda Kafedrada oʼquv jarayoni oʼzbek, rus, ingliz tillarida olib borilmoqda.
Qirg’iziston respublikasi tibbiyot oliygohidan kelgan professor-o’qituvchilar kafedrada tashkil etilgan dars jarayonida
Ingliz tili kafedra mudiri M.H. Davlatova “ESP around the globe: teaching and research” nomli xalqaro konferensiyada qatnashdi
Kafedra professor-o’qituvchilari Shodmonov Q.B hamda Tasheva N.Z. ERASMUS+ grant loyihasi bo’yicha Slavakiyaning Pavel Jozef Safarik Universitetida akademik mobillikda
Kafedra professor-o’qituvchilari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Jamoat salomatligi texnikumida talabalariga Master class o’tdilar
Ilmiy – tadqiqot ishlari
Kafedra tarkibida jami 14 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 1 nafari professor, 3 nafari dotsent, 10 nafari assistent o`qituvchilardir. Barcha o`qituvchilarimiz ilmiy ishlari doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Kafedra ilmiy – tadqiqot ishining yo`nalishi:
Qiyosiy adabiyotshunoslik chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Kafedra professori Q.B. Shodmonov Qozog’istonda faylasuflar Kongressida qatnashdilar
2021 yil noyabrda kafedra professori Q.B. Shodmonov Tojikiston davlat universitetida kongressda