Oʼzbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya kafedrasi

Oʼzbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya kafedrasi

Qurbonova Gulnoz Negmatovna

KAFEDRA MUDIRI

Kafedra xodimlari

Abdullayeva Dilorom Axmedovna
F.F.N., DOTS.
Bozorov Zayniddin Ashurovich
ASSISTENT
Kurbanov Ixtiyor Hikmatovich
ASSISTENT
Gafurov Baxtiyor Zakirovich
PHD , o'qituvchi
Ashurbayeva Ruqiya Qahhorovna
ASSISTENT
Bekchanova Soliha Davlatnazarovna
ASSISTENT
Tursunova Ozoda Faxritdinovna
o'qituvchi
Nazarova Dildora Ilxomovna
o'qituvchi

Kafedra tarixi

Hamroyev Yo.H. (1991-1992 yy.)

Naimov N.N (1992-1997 yy)

Hikmatova M.N. (1997-2013yy.)

Kurbanova G.N. (2018- h.v.)

Mazkur kafedra 1990-yil 30- oktyabrda institut rektorining №4\7 buyrug’igaasosan tashkil etilgan bo’lib, dastlab “Tillar” kafedrasi negizida o’z faoliyatini boshlagan. Kafedraning birinchi mudiri etib filologiya fanlari doktori, professor Narzullo To’rayevich Shodiyev tayinlangan. 1991-2009- yillarda“Tillar” kafedrasini filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yozil Hamroyevich Hamroyev boshqargan.

Tillarning o’qitilishiga e’tibor kuchaygandan so’ng “Tillar” kafedrasi 1992-yil 28 avgustdan ikkiga bo’linib, “Xorijiy tillar” va “O’zbek tili, adabiyoti va rus tili” kafedrasi deb nomlandi. “O’zbek tili, adabiyoti va rus tili” kafedrasi mudiri etib Nazrullo Naimovich Naimov tayinlangan ( 1992- yil 9- sentabrdan 1997- yilgacha), 1997 yildan 2013 yilgacha f.f.n., dotsent Hikmatova Muqaddas Nurullayevna boshqargan.

 “Xorijiy tillar” va “O’zbek, rus tillari, pedagogika va psixologiya” kafedrasi yana birlashib, “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi deb nomlandi. 2013-yilning 18-noyabridan boshlab kafedrani professor Qurbon Badriddinovich Shodmonov boshqardi.2017- yil avgustoyidan boshlab kafedra “Tillar kafedrasi” deb yuritila boshlandi.

2018- yil avgust oyidan boshlab institut rektorining buyrug`iga asosan, “Pedagogika, psixologiya va tillar” kaferasiga ajratildi. Kafedra mudiri etib, p.f.n., dotsent G.N. Qurbonova tayinlandi.O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 21 noyabr 87.04.2665-sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi “ O’zbek tili va adabiyoti” o’zgartirildi.  Hozirda kafedrada 11 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. “O‘zbek   tili  va  adabiyoti”  kafedrasida  institut tashkil topgan  kundan boshlab shu kungacha — 30 yil davomida Baxronova Zubayda  Saidovna va  dotsent Abdullayeva Dilorom  Axmedovna ajoyib tajribali pedagoglar sifatida faoliyat ko‘rsatib, talabalarni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalab, barkamol shifokorlar tayyorlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Kafedra ilmiy yo’nalishi: Tibbiyot institutlarida rus, o`zbek tililarini o’rgatishda ixtisosiy nutqini o’stirish metodikasi. O’zbek va rus tillarni ikkinchi til sifatida o’qitish usuliyotidan yaxshigina xabarbor bo’lish,zamonaviy o’qitish usullarini ijodiy qo’llashni o’zlashtirish, o’zbekcha va ruscha nutqni amaliy egallash, til o’qitishning kommunikativ tamoyilliga asoslangan holda ish ko’rishni shart qilib qo’yadi.

Kafedraning 1992-yildagi tarkibi

Tadbir jarayonidan lavha (1997 y)

Amerikalik olimlarning institutga tashrifi (2017 y)

G.N Kurbanovaning Ukrainaga tashrifidan lavha (2019 y)

Ukraina pedagogika akademiyasi memarandumiga asosan akademik mobillik (2019 y)

1988 yilda G.N Kurbanova  Buxoro davlat pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatib, 1993 yildan hozirgi vaqtgacha Buxoro davlat tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda. 2001 yil Buxoro davat tibbiyot instituti o’zbek tili, adabiyoti va rus tili kafedrasi katta o’qituvchisi, 2006 yildan shu kafedraning dotsenti, 2018 yildan hozirgi vaqtgacha o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. “Tibbiy Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun ilmiy izlanish olib borgan.

2022 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, DSc ilmiy darajasini oldi. G.N.Kurbanovaning 2 ta darslik, 10 dan ortiq o`quv qo`llanma, monografiya va 140 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

2022- 2023 o`quv yilidagi dars jarayonidan lavhalar. O`qituvchi – DSc . Kurbanova Gulnoz Negmatovna.

2020 yil 24-25 aprelda O’zbek tili va adabiyoti kaferdasida Zamonaviy ta’limda kasbiy tafakkurni o’stirishda pedagogik muloqotning dolzarb masalalarimavzusida xalqaro tashkilotlar ishtirokida Respublika miqyosida ilmiy- amaliy konferensiya tashkil qilindi.Bu konferensiya Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi “ Ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 116-sonli buyrug’iga asosan o’tkazildi.Kafedrada 2018 yildan buyon Ukraina Respublikasi Pedagogika akademiyasi, Ukraina Respublikasi psixologiya instituti, Taras Shevchenko nomidagi Ukraina davlat universitetlari bilan hamkorlik doirasida akademik mobillik o’rnatilgan. O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri G.N.Kurbanova  Tojikiston davlat tibbiyot universiteti “Rus tili” kafedrasida akadem mobillik asosida o’zaro tajriba almashib keldi.

“Psixologiya pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonov I.X. tomonidan chop etilgan ilmiy-ma’rifiy nashrlar.

Pedagogika fanlari doktori G.N.Kurbanovaning chop ettirgan ilmiy va o`quv nashrlari

Filalogiya fanlar nomzodi Gafurov Baxtiyor Zakirovichning Ilmiy va o'quv nashrlari

Ma'naviy va ma'rifiy tadbirlardan fotolavhalar

“1-kurs maktabi” tadbirlari

Talabalik – bu ulkan baxt. Ana shunday baxtga sazovor bo`lgan, xalqiga sidqidildan xizmat qilishga qasamyod qilgan, bo`lajak shifokorlarimiz uchun dars-mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarida kafedralar faoliyati va kafedralarda mavjud fanlar haqida ma`lumot berish, ularni ta`lim dargohida mavjud shar –sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida dars-mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda “1-kurs maktabi” tadbirlari tashkil qilindi. Jumladan, o`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya kafedrasida ham tadbirlar tashkil qilinib, kafedra professor-o`qituvchilari tanishtiruv darslarini olib bordilar. Talabalar kafedrada mavjud darslar va faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qituvchilar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o`zlari qiziqqan savolarga javob oldilar.

TTA Urgench filiali bilan hamkorlik

O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, peagogika va psixologiya kafedrasida TTA Urgench filiali,o`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi Анна Шамурадовна Атаджанова tomonidan “Русскый яык и культура речи” mavzusida hamkorlikda ma`ruza darslari tashkil qilindi. Dars jarayonida Анна Шамурадовна Атаджанова tomonidan rus tili faniga doir qiziqarli ma`lumotlar va rus tili fanining tibbiyot uchun nechog`lik ahamiyatga ega ekanligi taqdimotlar asosida tushuntirildi. Talabalar rus tili fani shifokor nutq madaniyatida qay darajada ahamiyatga ega ekanligi borasidagi fikr-mulohazalarni tingladilar.

BuxDTI vakillari Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida

Ma’naviyat – jamiyatning yuragi. Ma’naviyatsiz – jamiyat yo‘q. Bu borada O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlar tahsinga sazovor.  Shu kunlarda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bo‘lishdi.

Mehmonlar ijod maktabining ko‘rkamligi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko`rib quvondilar. Ayniqsa, ijod makatabida  ijodiy muhit, o‘g‘il-qizlarning ilmga nechog‘lik chanqoq va tirishqoqliklari  mehmonlarda iliq taassurot uyg‘otdi. Tashrif jarayonida BuxDTI professor-o`qituvchilari tomonidan talabalarga tibbiyot yo`nalishlari, tibbiyot oliygohining yangi binosi, oliy ta`lim muassasida mavjud qo`shma dasturlar haqida ma`lumotlar berildi. Tashrif so`ngida Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga esdalik sovg`asi topshirildi.

Muhtar Omarhanuli Ayezov nomidagi Janubiy Qozog'iston Davlat Universitetida amalga oshirilgan hamkorlik

Pedagogika fanlar doktori, professor Kurbanova Gulnoz Nergmatovna tomonidan dunyo universitetlari reytingining 1000talik ro`yxatiga kirgan Muhtar Omarhanuli Ayezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universitetida o`zaro hamkorlik yuzasidan targ`ibot-tashgviqot ishlari olib borildi. Dastlab, o`zbek tili va adabiyot, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasi muduri tomonidan universitetning, ilmiy, o`quv, ma`naviy-ma`rifiy ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, universitet konferensiya va seminarlarda ishtirok etib, talabalar va universititet professor-o`qituvchilarning faoliyati yaqindan o`rganildi, mahorat darslari tashkil qilinib, Buxoro davlat tibbiyot insdtitutida qo`llaniladigan dars o`tishning innovatsion metodlari namoyish qilindi. ”Innovatsion ta`lim texnologiyalari”, “Pedagogika va uning dolzarb muammolari”, “Shaxs rivojlanishida jamiyatning o`rni” mavzularida pedagogika fanlar doktori, professor Kurbanova Gulnoz Nergmatovna tomonidan master-klasslar tashkil qilindi. Shuni ta`kidlash joizki, Muhtar Omarhanuli Ayezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universitetida o`zaro hamkorlik ishlari yuzasidan kelishuvlar va loyihalar tadbig`i ham amalga oshirildi.

“Pedagogika va psixologiya fani bilimdoni” mavzusida xorijiy talabalar ishtirokida tanlov

Bugungi kunda talabalarning bilim olishi uchun jahon standardlari asosida ta`lim tizimini tashkil qilish davlatimiznng asosiy islohotlarining biridir. Shu nuqtai nazardan Buxoro davlat tibbiyot institutida har bir fan ta`limiga alohida e`tibor qaratiladi. O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan “Pedagogika va psixologiya fani bilimdoni” mavzusida xorijiy talabalar ishtirokida tanlov o`tkazildi. 30 dekabr kuni o`tkazilgan tanlov bayramona ruhda o`tdi. Xorijiy talabalar pedagogika va psixologiya fanidan o`z bilimlarini taqdimotlar asosida mohirona namoyish etdilar. Tadbir so`ngida talabalar “CREATIVE STUDENT”, “INNOVATIVE STUDENT”, “TALENTED MOTIVATOR STUDENT”, “IMAGINATIVE STUDENT” kabi nominatsiyalar asosida taqdirlandilar.