Yoshlar ishlari va ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha prorektor

Yoshlar ishlari va ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha prorektor

photo_2021-11-12_16-55-19 (2)
Umumiy ma'lumot

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Talaba-yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;
  • Ta’limni takomillashtirish sohasidagi islohatlardan biri barkamol avlodni har jihatdan tarbiyalash, ularni vatanparvarlik va mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;
  • Talaba-yoshlar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish. Ta’lim muassasasi axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;
  • Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va ta’lim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;
  • Boquvchisini yoqotgan, oilaviy ahvoli og’ir , ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;
  • Ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarishni takomillashtirib borish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish mexanizmini vujudga keltirish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
  • Ta’lim muassasasida talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;