Tasdiqlangan rejaga asoslanib “Ingliz tili” kafedrasida kafedra mudiri Davlatova M.H. boshchiligida quyidagi tadbirlar, ma’ruza va taqdimotlar amalga oshirildi:
1-kursga qabul qilingan talabalarni OTMdagi mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish jarayonini tashkil etish bo‘yicha:
“1-kurs maktabi” tadbirlarini o‘tkazish (dars-mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda);
Talabalikka qabul qilinganlarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish;
Talabalarga ustoz-murabbiylarni biriktirish, murabbiylarni uslubiy materiallar bilan ta’minlash kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
Bunda kafedra mudiri: M.X.Davlatova, kafedra ma’naviyatchisi: M.N.Habibova kafedra o‘qituvchilari B.B.Bakaev, Sh.Sh.Shodiev, M.E.Ziyadullaeva, Z.T.Nematova, N.Z.Tasheva, Djalilova Z.O. A.Sh.Mirzaeva, M.F.Norova, G.Z.Nasrieva, Ismailova M.A, Qudratova S.R va boshqalar qatnashdilar
1 oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazish
Tadbirda kafedra mudiri: M.H.Davlatova, kafedra ma’naviyatchisi: M.N.Habibova, kafedra professor-o‘qituvchilari Q.B.Shodmonov B.B.Bakaev, Sh.Sh.Shodiev, M.E.Ziyadullaeva, Z.T.Nematova, N.Z.Tasheva, Jalilova Z.O. A.Sh.Mirzaeva, M.F.Norova, G.Z.Nasrieva, Ismailova M.A, Qudratova S.R va boshqalar qatnashdilar.
Tadbirda kafedra mudiri M.X.Davlatova nutq so‘zladi va kafedra o‘qituvchilarini bayram bilan barchani tabriklab, eng samimiy tilaklarini bildirdi.
1 oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Haqiqatan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkita buyuk kasb – shifokorlik va o‘qituvchilik kasbi borki, ular, toki hayot bor ekan, o‘zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi.
Xalqimizda ilm o‘rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Kezi kelsa, hayot va borliq mohiyati, sir-asrorlariga bo‘ying barobar kitoblarni o‘qib ham yetish mushkul. Biroq ilm o‘rgatmoq zaxmati undan-da mashaqqatli. Zero, oqu-qorani farqlay olmaydigan go‘dak olimlik rutbasiga yetishi uchun taxlam-taxlam kitoblarni o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Ustoz bu ishga butun borlig‘ini, mehrini baxsh etadi. Darhaqiqat, minglab murg‘ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigox tashlashga o‘rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg‘otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa – suyab, yiqilsa – turg‘izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatining o‘lchovi, qiyosi yo‘q.
Istiqlol yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi.