Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

     Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar institut maʼnaviyat boʼlimi tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda. Kafedra professor-oʼqituvchilar tarkibi oʼquv yili davomida talabalarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida talabalar guruxlari bilan muntazam ravishda qator maʼrifiy tadbirlar oʼtkazib kelmoqda. Davolash, tibbiy pedagogika va OHI, pediatriya, stomatologiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati va tibbiy biologiya fakulьtetlari talabalariga Prezidentimiz Mirziyoevning yosh avlodga koʼrsatayotgan yuksak eʼtibori, zamonaviy yoshlar xayotida kechayotgan ijobiy jarayonlar haqida atroflicha maʼlumot beriladi. Kafedra xodimlari talabalarni Prezidentimiz asarlari va maʼruzalari bilan toʼlaqonli tanishtirmoqdalar. Maʼlumki, davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida tashkil etish boʼyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan. Bu borada talabalar oʼrtasida targʼibot-tashviqot ishlari olib borilib, ularda yoshlarning faol ishtirok etishiga xizmat qilmoqda.

        Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi Oʼzbekiston yangi dunyoqarash” tamoyili asosida 1 va 2 Uygʼonish (Renessans) davrining mazmun-mohiyatini talabalar ongiga singdirish hamda 3 Renessans davrining vujudga kelganligini tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

        Uygʼonish va yuksalish har bir fuqaroning oʼziga bogʼliqligi, buning uchun oʼzgarishni, uygʼonishni oʼzimizdan boshlashimiz kerakligini, yuksalish uchun “Mening hissam qanday boʼladi?” degan savolni oʼzi uchun shior qilib olishi uqtirilib oʼtiladi.

Tashkiliy ishlar

       Kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼtkazilgan konferentsiyalar, mahorat darslari va seminarlar soni 100 dan ortiq boʼlib, har yili chet ellarda tashkil qilinayotgan anjumanlarga qatnashib turishibdi. Kafedra xodimlari Jahon Sogʼliqni Saqlash Tashkiloti Yevropa ittifoqi boʼlimi bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda “Invaziv bakterial meningitlar tashxisotini takomillashtirish” loyihasi, “Diareya sindromi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda zamonaviy tashxisot usullari” kabi loyihalarda faol ishtirok etishgan.

        Bugungi kunda kafedra xodimlari tomonidan turli mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda, “Parazitologiyaning dolzarb muammolari”, “Virusli infektsiyalarnni oʼrganishda yangi texnologiyalar” shular jumlasidandir.

      2019 yil 8-9 aprel Buxoro shaxrida Yevroosiyo infektsionistlar uyushmasi bilan birgalikda “Yuqumli va parazitar kasalliklarning tashxisoti, davosi va oldini olishning zamonaviy texnologiyalari” mavzuli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya, 2020 yil 28 oktyabr «Koronavirusnaya infektsiya COVID-19: Problemы i resheniya» mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya, 2021 yil 22-23 oktyabr kunlari Boshqirdistonning Ufa shaharida “Инфекционные болезни как междисциплинарная проблема – вчера, сегодня завтра” mavzusida hamkorlikda xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferentsiyalar yuqori saviyada oʼtqazildi.

       Boshqirdistonning Ufa shaharida 2021 yil 11 noyabrda hamkorlikda yuqumli kasalliklar fanidan xalqaro onlayn-olimpiada tashkil qilindi va talabalarimiz faol ishtirok etishdi.

Davolash va maslahat ishlari 

          Kafedra xodimlari tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlari shahar va tumanlar yuqumli kasalliklar boʼlimlarida bemorlarga amaliy maslahatlar berib kelinmoqda. Shuningdek, kafedra xodimlari Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi boʼlimlariga biriktirilgan boʼlib, ular doimo oʼz vaqtida zarur amaliy yordam koʼrsatayaptilar va sanitar aviatsiya yoʼnalishi orqali ogʼir bemorlarga maslahatlar berayaptilar.

       Amaliy mashgʼulotlar davomida talabalar bilan tematik bemorlar nazorat qilinadi. Kafedra professor va dotsentlari shifoxona kafedralarida oʼtkaziladigan konsiliumlarda qatnashadilar. Shuningdek, xodimlar qabul boʼlimiga murojaat qilgan bemorlarga maslahat berishadi.

Kafedra professor-o’qituvchilarining davolash ishlari bo’yicha vazifalari

FISH

Lavozim

Bo’limlar

Vazifasi

1.

A.R. Obloqulov

Kaf. mudiri

Reanimatsiya

10-bo’lim

3-bo’lim

Maslahatchi

2.

M.R. Mirzoeva

Dotsent

9-bo’lim

6-bo’lim

Maslahatchi

3.

S.G. Xudoydodova

Dotsent

1-bo’lim

2-bo’lim

7-bo’lim

Maslahatchi

4.

G.A. Arashova

Kata o’qituchi

8-bo’lim

4-bo’lim

5-bo’lim

Maslahatchi

5.

M.A. Farmonova

Assistent

3-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

6.

A.A. Elmuradova

Assistent

6-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

7.

Z.D. Keldiyorova

Assistent

2-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

8.

F.X. G’aybullaev

Assistent

4-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

9.

M.M. Ergashov

Assistent

5-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

10.

M.R. Aslanova

Assistent

6-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

11.

A.S. Jalilova

Assistent

5-bo’lim

Bemor kuratsiyasi