TA’LIM GRANTLARINI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI
28.08.2026 2026-08-28 16:28TA’LIM GRANTLARINI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2025/2026 o‘quv yili natijalari asosida ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayonlari amalga oshirildi.
Talabgor talabalar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan arizalar, ularning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faollik natijalari tegishli komissiyalar tomonidan o‘rganilib, Maxsus komissiya tomonidan umumlashtirildi.
Komissiya tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1051 nafar talabgorning natijalari ko‘rib chiqilib, ta’lim granti turlari bo‘yicha umumlashtirildi.
Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 137 nafar talabgorning natijalari ko‘rib chiqilib, tegishli grant turlari bo‘yicha natijalar tasdiqlandi.
Natijalar quyidagi grant turlari bo‘yicha shakllantirilgan:
• to‘liq ta’lim granti — 100 foiz;
• to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — 50 foiz;
• qo‘shimcha davlat granti;
• oliy ta’lim tashkiloti granti.
Talabgorlarning akademik va ijtimoiy faollik bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ballari, grantga tavsiya etilganligi hamda ajratilgan grant foizi ilova qilingan ro‘yxatlarda batafsil keltirilgan.
Natijalar bilan quyidagi hujjatlar orqali tanishishingiz mumkin:
• Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha natijalar — Bakalavr.pdf
• Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha natijalar — Magistr.pdf
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori (LexUZ: https://lex.uz/uz/docs/-7429154).