Общая информация(Совместные программы)
03.08.2024 2024-08-03 12:45Общая информация(Совместные программы)
Buxoro davlat tibbiyot institutida faoliyat yuritayotgan qoʻshma ta’lim dasturlari toʻgʻrisida ma’lumot
2019-2020 oʻquv yilida institut tarixida ilk marta xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qoʻshma ta’lim dasturlari tashkil qilindi: bakalavriat/spesialitet yoʻnalishlarida:
Bakalavriat :
- Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Davolash ishi – 6 yil – (3+3)
- N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti(Rossiya) – Davolash ishi- 6 yil – (3+2+1)
- Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Stomatologiya – 5 yil (2+3)
- Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya) –Pediatriya – 6 yil – (3+3)
- Orenburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) –Klinik psixologiya – 5,6 yil – (3+2,6)
- Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Biotexnologiya – 4 yil (2+2)
- GD Goenka university (Hindiston) – Farmasiya – 5 yil – (2,5+2,5)
- Janubiy Qozogʻiston tibbiyot universiteti (Qozogʻiston) – Davolash ishi – 6 yil (1+3+2)
Klinik ordinatura:
- Akademik V.I.Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya, Moskva):
- Akusherlik va ginekologiya – 2 yil (1+1) – 1 nafar rezident oʻqishga qabul qilingan. 2020-2021 oʻquv yilida COVID-19 pandemiyasi tufayli tahsil olishni 1 yilga qoldirib, hozirgi kunda oʻqishni yakunlab ikki tomonlama diplom (RF va BuxDTI) olishga muvaffaq boʻlgan.
- Terapiya va profilaktik tibbiyot milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya, Moskva):
- Kardiologiya – 2 yil (1+1) – 4 nafar rezident oʻqishga qabul qilingan. 2020-2021 oʻquv yilida ular oʻqishni Terapiya va profilaktik tibbiyot milliy tibbiy tadqiqot markazida davom ettirib 2021-yilning sentyabr oyida oʻqishni yakunlab ikki tomonlama diplom (RF va BuxDTI) olishga muvaffaq boʻlishdi.
- Rentgenoendovaskulyar diagnostika va davolash – 2 yil (1+1) – 1 nafar rezident oʻqishga qabul qilingan. 2020-2021 oʻquv yilida oʻqishni Terapiya va profilaktik tibbiyot milliy tibbiy tadqiqot markazida davom ettirib, 2021-yilning sentyabr oyida oʻqishni yakunlab ikki tomonlama diplom (RF va BuxDTI) oldi.
2020-2021 oʻquv yilida qoʻshimcha ravishda quyidagi yoʻnalishlar va mutaxassislik boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlari faoliyat boshladi.
Bakalavriyat:
- Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) – Farmasiya – 5 yil (3+2)
- Qozon Federal universiteti (Rossiya) – Farmasiya – 5 yil (3+2)
- Biznes oliy maktabi – Luis milliy universiteti (Polsha) – IT medic – 4 yil (2+2)
Magistratura:
- Biznes oliy maktabi – Luis milliy universiteti (Polsha) – “Menedjment. Tibbiyotda menedjment” – 2 yil (1+1)
2023–yilda magistraturaning “Menedjment. Tibbiyotda menedjment” mutaxassisligi boʻyicha 8 nafar magistrant oʻqishni muvaffaqiyatli tugatib ikki tomonlama diplomga ega boʻlishdi.
2021-2022-ўқув йилиданboshlab Petrozavodsk davlat universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda:
- Davolash ishi (3+3)
- Pediatriya (3+3)
- Farmasiya (3+2) boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
2022-2023–oʻquv yilidan Italiyaning University of “Luigi Vanvitelli” bilan hamkorlikda
- Oliy hamshiralik ishi (2+1)
boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturi tashkil etildi.
2023/2024- oʻquv yilida qoʻshimcha ravishda:
- Boltiq federal universiteti bilan Davolash ishi 3+3 formatda;
- Volgograd davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti faoliyati 3+2 formatda yoʻlga qoʻyildi.