Без рубрики

Akademik mobillik

Akademik mobillik

           Xoja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetining professori, t.f.d. Ishigov Ibragim Agayevich 2026 yil 18 iyundan 23 iyungacha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “Patologik fiziologiya va patologik anatomiya” kafedrasida akademik mobillik doirasida patologik fiziologiya fanidan o`qitiladigan fanlardan ma`ruza o`tish maqsadida xizmat safari bo‘yicha kafedrada muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida kafedra vakillari  bilan hamkorlik aloqalarini muhokama qilish, o‘zaro akademik almashinuv, ilmiy va amaliy loyiha(grant)larini tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi va muhokama qilindi.  

Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti professori, texnika fanlari doktori Ishigov Ibragim Agayevichning ilm-fan va ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi munosib hissasi hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etilib, Buxoro davlat tibbiyot instituti professori diplomi bilan taqdirlanganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Mazkur diplom Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J. Teshayev tomonidantantanali ravishda topshirildi.

Ishigov Ibragim Agayevichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbodetib, kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkamsog‘liq va yangi yutuqlar tilaymiz.

Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti MarkaziyOsiyodagi nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi