Без рубрики

Buxoro davlat tibbiyot instituti mutaxassislari Turkiyada malaka oshirmoqda

2026-06-17 13.14.56

Buxoro davlat tibbiyot instituti mutaxassislari Turkiyada malaka oshirmoqda

Sog’lik Bilimleri Universitetiga qarashli klinikalarda institutning 7 nafar professor-o‘qituvchi va mutaxassislari 1 oylik xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Mazkur dastur doirasida shifokorlar zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari hamda ilg‘or klinik tajribalarni o‘rganmoqda.

Yo‘nalishlar kesimida:

3 nafar — neyrointervensiya yo‘nalishi

2 nafar — travmatologiya va ortopediya

1 nafar — otorinolaringologiya (LOR)

1 nafar — xirurgik andrologiya

Malaka oshirayotgan mutaxassislar:

Yodgorov Ibroxim — Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasi PhD, dotsent

Umarov Umedjon — Otorinolaringologiya kafedrasi assistenti

Baxronov Bexruz — “Fakultet va gospital terapiya” kafedrasi assistenti

Ramazonov Ulugbek — “Fakultet va gospital terapiya” kafedrasi doktoranti

Karimov Firdavs — neyrointervensiya yo‘nalishi (o‘z hisobidan)

Axmedov Shamshod — Travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya kafedrasi dotsenti

Xamroyev Bekzod — Travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya kafedrasi dotsenti

Malaka oshirishning ahamiyati

Xalqaro klinikalarda tashkil etilgan ushbu malaka oshirish dasturi bir necha jihatdan muhimdir:

zamonaviy tibbiy texnologiyalar va minimal invaziv usullarni amaliyotga joriy etish imkonini beradi;

murakkab klinik holatlarda ilg‘or yondashuvlarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi;

ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi;

institutda ta’lim sifati va amaliy tayyorgarlik darajasini yanada oshiradi.

Mazkur tashabbus natijasida institutda neyrointervensiya, travmatologiya, LOR hamda xirurgik andrologiya yo‘nalishlarida tibbiy xizmat sifati yanada takomillashishi kutilmoqda.